“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
14
“Dindorlikning individual strukturasi” metodikasining ikki mustaqil tanlanma toʻplamlar natijalari
oʻrtasidagi ahamiyatli farqlarni aniqlash uchun qoʻllaniluvchi Mann-Uittni mezoni boʻyicha tahlili amalga
oshirildi
E’tiborimizni sinaluvchilarimizning jins tafovutiga koʻra dindorliklarining individual strukturasi
boʻyicha koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tafovutiga qaratganimizda quyidagi shkalalar boʻyicha ahamiyatli farqlar
kuzatilganini koʻrishimiz mumkin.
Din falasafiy konsepsiya sifatida shkalasi boʻyicha qizlarda oʻrtacha rang summasi 31,31 ni, ranglar
summasi 1315,00
ni tashkil etsa, yigitlarda oʻrtacha rang summasi 28,61 ni, ranglar summasi 515,00 ni
tashkil etib ahamiyatli farqlar kuzatilmadi (U=344,000, p≥0,05). Mazkur natijani pedagogika sohasi boʻyicha
tahsil oluvchi talaba yigit-qizlarimizda dinga nisbatan falsafiy qarashning deyarli bir xilligi,
dinni falsafiy
konsepsiya sifatida emas, balki, shaxsning xulq-atvori, xatti-harakatini nazorat qiluvchi mexanizm, inson
faoliyatini legitimlashtirib turuvchi ijtimoiy hodisa sifatida talqin qilishlarining bir xilligi bilan ham izohlash
mumkin. Shuningdek, ularning soha boʻyicha bir xil ma’lumot olishlari ham dindorlikning individual
strukturasiga ta’sir etmasdan qolmasligi natijalarni tahlil qilish jarayonida ham oʻz amaliy isbotini topganini
koʻrishimiz mumkin.
Afsungarlikka munosabat shkalasi boʻyicha qizlarda oʻrtacha rang summasi 28,42 ni, ranglar summasi
1193,50 ni tashkil etsa, yigitlarda oʻrtacha rang summasi 35,36 ni, ranglar summasi 636,50 ni tashkil etib
ahamiyatli farqlar kuzatilmadi (U=290,500, p≥0,05). Sinaluvchilarimizning mazkur shkala koʻrsatkichlarini
aks ettiruvchi savollarga bergan javoblaridan ham ularda dinda ma’n qilingan ishlarga nisbatan salbiy
qarashda ekanliklari aniqlangani holda, shaxslarda afsungarlik, sehr-jodu kabi ishlarga nisbatan qarash jins
tafovuti boʻyicha ahamiyatli darajada farq qilmasligini kuzatish mumkin. Bu natijani ularning diniy e’tiqod
darajasining yaxshi rivojlanganligi, dinning asl, tub mohiyatini oʻrganishga boʻlgan qiziqishning yuqoriligi,
shuningdek, “sehrgarlik”, “afsun”, “jodu” kabi tushunchalarga nisbatan salbiy kayfiyatning rivojlanish
darajasi bir xilligi bilan izohlash oʻrinlidir.
Din taskin olish va qoʻllab-quvvatlash manbayi sifatida shkalasi boʻyicha qizlarda oʻrtacha rang
summasi 29,55 ni, ranglar summasi 1241,00 ni tashkil etsa, yigitlarda oʻrtacha rang summasi 32,72 ni,
ranglar summasi 589,00 ni tashkil etib ahamiyatli farqlar kuzatilmadi (U=338,00, p≥0,05).
Dinning shaxs
hayotidagi ahamiyati cheksizligini hisobga olgan holda, mushkul vaziyatlarda, quvonchli holatlarda,
shuningdek, shaxsning intim kechinmalarini bildirish, taskin olish damlarida din har bir shaxs uchun qoʻllab-
quvvatlovchi va taskin beruvchi hayot manbayi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur holatda
dindorlikning rivojlanish darajasi boʻyicha farqlar kuzatilishi mumkin, lekin olingan tadqiqot natijalariga
muvofiq, gender xususiyatlariga koʻra, qizlar
ham yigitlar ham dinni taskin, orom manbayi sifatida idrok
qilishlari boʻyicha qarashlarida ahamiyatli farqlar mavjud emasligini aytish mumkin. Buni dinning taskin
olish, suyanch kabi funksiyalari shaxs turmush tarzida bir xil ahamiyat kasb etishi bilan izohlash darkor.
Dindorlikning tashqi belgilari namoyon boʻlishi shkalasi boʻyicha qizlarda oʻrtacha rang summasi
34,69 ni, ranglar summasi 1457,00 ni tashkil etsa, yigitlarda oʻrtacha rang summasi 20,72 ni, ranglar
summasi 373,00 ni tashkil etib ahamiyatli farqlar kuzatildi (U=202,000, p≤0,01). Mazkur koʻrsatkichga
asosan qizlarda yigitlarga qaraganda dindorlikning tashqi belgilari yaqqolroq namoyon boʻladi, degan
xulosaga kelinadi.
Buni ularning liboslarida, qarashlarida, hodisa yuzasidan bildirayotgan fikr-
mulohazalarida, shuningdek, dindorlik elementlari – tasbex, roʻmol, diniy mazmundagi kitoblarni doimiy
ravishda oʻzlari bilan birga olib yurishlarida koʻrish mumkin.
Bilimga nisbatan idrokning ustunligi shkalasi boʻyicha qizlarda oʻrtacha rang summasi 29,35 ni,
ranglar summasi 1232,00 ni tashkil etsa, yigitlarda oʻrtacha rang summasi 33,19 ni, ranglar summasi 597,50
ni tashkil etib ahamiyatli farqlar kuzatilmadi (U=329,500, p≥0,05). Yigit va qizlardagi kognitiv
xususiyatlarning rivolanishi, tafakkur shakllarining ahamiyatli farq qilmasligi
kuzatilganligi holda, mazkur
natijani ulardagi ta’lim jarayoni bilan bogʻlab izohlash mumkin. Shaxsning dunyoqarashi, fikrlash doirasini
kengaytirishda xizmat qiladigan vositalardan biri hisoblangan ta’lim jarayonida yigit va qizlarga tahsil
olayotgan yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda yuklamalarning bir xil berilishi, ulardagi bilimlar fondini
koʻpaytirishga xizmat qilgani holda, olingan bilimlarning idrok qilish koʻlamini ham orttirishga zamin
yaratadi.
Xuddi shuningdek, dinning asl, tub mohiyatini tushunish orqali yigit va qizlarda diniy bilimlar
paydo boʻladi va ularning idrok qilish bilan ular oʻz amaliy hayot faoliyatiga tadbiq etishadi.
Olamlar Yaratuvchisiga ishonch shkalasi boʻyicha qizlarda oʻrtacha rang summasi 38,81 ni, ranglar
summasi 1210,00 ni tashkil etsa, yigitlarda oʻrtacha rang summasi 34,44 ni, ranglar summasi 620,00 ni
tashkil etib ahamiyatli farqlar kuzatilmadi (U=307,000, p≥0,05). Rabbiga ishonch individual jihatdan farqqa
ega boʻlgan boʻlsa ham, gender farq ahamiyatli darajada emasligi ma’lum boʻldi. Bundan hammada diniy
e’tiqod darajasi har xilligi, ishonch tuygʻusining rivojlanish darajasi ham turlicha boʻlishi yana bir bor oʻz
tasdigʻini topgani holda, faoliyat turining bir xil boʻlishi, shuningdek, boshqa ijtimoiy-psixologik omillar
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
15
(muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsning individual xususiyatlari) natijasida Yaratuvchiga ishonch tuygʻusi turlicha
koʻrinish oladi.
Diniy ongning shakllanganligi shkalasi boʻyicha qizlarda oʻrtacha rang summasi 31,58 ni, ranglar
summasi 1326,00 ni tashkil etsa, yigitlarda oʻrtacha rang summasi 27,97 ni, ranglar summasi 503,50 ni
tashkil etib ahamiyatli farqlar kuzatilmadi (U=332,500, p≥0,05). Mazkur jihatni yigitlar va qizlarning yosh
davrlari boʻyicha tafovutlarning yoʻqligi, hayot tajribasining deyarli bir xil darajada ekanligi bilan ham
izohlash oʻrinli. Bunda qizlarda yigitlarga qaraganda ozgina ustunlik kuzatilayotganligi, ulardagi oilaviy
muhitining shakli ta’siri, shuningdek, tadqiqotda ishtirok etish koʻlami jihatidan
qizlarning yigitlarga
qaraganda koʻpchilikni tashkil etganligi sababli ham deb baholash mumkin. Turmush, oʻqish, faoliyat,
dunyoqarash tarzining umumiyligi oqibatida shaxslarda diniy ongning shakllanish darajasi boʻyicha gender
tafovutlar pedagogika ta’lim sohasida tahsil oluvchi talabalar oʻrtasida ahamiyatga molik boʻlgan farqlar
kuzatilmasligi aniqlanganini kuzatishimiz mumkin.