“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
154
“PEDAGOGIK MAHORAT” JURNALI UCHUN MAQOLALARNI
RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy jurnali mualliflari diqqatiga!
1. “
PEDAGOGIK MAHORAT
” ilmiy jurnali ilmiy maqolalarni o‘zbek, rus va ingliz
tillarida chop etadi.
2. E’lon qilinadigan maqolalarga bo‘lgan asosiy talablar:
✓
ishning
dolzarbligi va ilmiy yangiligi;
✓
maqolaning hajmi: adabiyotlar ro‘yxati, chizma va jadvallar inobatga olingan holatda
4-8 betgacha;
✓
maqola nomi, annotatsiya (100-200 ta so‘z) va tayanch so‘zlar (8-10 ta) ingliz, o‘zbek
va rus tillarida keltiriladi.
3. Maqola boshida UDK (udc.online internet saytidan olishingiz mumkin), mavzu,
muallifning F.I.O. (to‘liq yozilishi kerak), mualliflar bir nechta bo'lsa, ularning har biri haqida to'liq
ma'lumotlar berilishi shart,
tashkilot, shahar, mamlakat, muallifning e-maili ko‘rsatiladi. Matnda
kirish qismi, tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosa,
adabiyotlar ro‘yxati, albatta, keltiriladi. Maqolada keyingi 10-15 yilda e’lon qilingan adabiyotlarga
havola qilinishi tavsiya etiladi.
4. Matn uchun: Microsoft Word; Times New Roman, 11 shrift, maqola nomi bosh harflarda,
interval 1,0; abzas 1,0 sm, yuqori va pastki tomon 2 sm, chap va o‘ng tomon 2 sm.
5.
Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan
bo‘lsa, ular aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning to‘liq izohi yozilishi lozim. Formulalar
matnga maxsus kompyuter dasturlarida kiritilishi kerak.
6. Iqtibos olingan yoki foydalanilgan adabiyot
satr osti izohi tarzida emas, balki maqola
oxirida asosiy matndagi ketma-ketligi asosida umumiy ro'yxatda ko'rsatiladi. Matn ichidagi
ko'chirmadan so'ng iqtibos olingan asarning ro'yxatdagi tartib raqami
va sahifasi kvadrat qavs
ichida beriladi. Bu o'rinda kitob, to'plam, monografiyalar uchun mualliflarning
ism-familiyalari,
manbaning to'liq nomi, nashr ko'rsatkichi (shahar, nashriyot va nashr yili) ko'rsatiladi. Jurnal
maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyalari, maqola nomi, jurnal
nomi, yili va soni, sahifa nomeri ko'rsatiladi.
7. Maqola matni kamida 70-80 % muallifning shaxsiy izlanishlari
natijasiga asoslanishi
lozim. Topshirilgan maqolalar “Antiplagiat” tizimi yordamida tekshiriladi.
8. Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga beriladi. Maqola
taqrizdan qaytgach, agar zarur bo'lsa, barcha savol va e'tirozlar bo'yicha
muallifga qayta ishlash
uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari qaytarilmaydi.
9. Tahririyat maqolani taqrizga yuboradi, taqriz ijobiy bo‘lsa maqola jurnalda chop etish
uchun qabul qilinadi. Jurnalda anjuman tezislari va ma’ruzalari chop etilmaydi.