“Pedagogik mahorat” A1 test
Kanalimiz uchun maxsus test
1. “Texnologiya” so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
A) “texne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot
B) “texne” – mehnat, san’at, “logos” – tushuncha, bilim
C) “texne” – qobiliyat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’lim
D) “texne” – san’at, “logos” – tushuncha, o’qitish
2. “Obro’ orttira olish” qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping.
A) to’gri muomala qila bilish qobiliyati
B) o’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish
C) o’quvchilar jamoasini muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish
D) o’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish
3. Mahorat – bu…
A) pedagogik mehnat samarasi
B) o’qituvchilar uchun standart ish usuli
C) yuqori darajadagi va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish
san’atidan iborat
D) tug’ma talant yoki nasldan naslga o’tuvchi xususiyat
4. PT mamlakatimiz ta’lim tizimida yoki pedagogik nashrlarda
qachon paydo bo’lgan?
A) 1993-yil, “Xalq ta’limi” jurnalida
B) 1993-yil, “Ta’lim to’g’risida” gi qonunda
C) 1997-yil, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da
D) 2004-yil, “Uzluksiz ta’lim” dasturida
5. Fikrlash jarayonining mustaqilligini yuqori darajada talab etuvchi
vaziyat turi?
A) tasvirlovchi vaziyat
B) muammoli vaziyat
C) baholash uchun vaziyat
D) ko’rsatmali vaziyat
Telegram kanalimiz:
@interfaol_metodlar
6. Metodika bilan pedagogik texnologiya tushunchalarini izohi qaysi
javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) metodika – bu o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha
tavsiyalar majmuasi, pedagogik texnologiya – pedagogik
muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish
loyihalash tashkiliy-pedagogik xatti-harakatlar majmuasi
B) pedagogik texnologiya metodikaning tarkibiy qismiga kiradi
C) metodika – metod va usullar majmuasi, texnologiya esa ta’lim
tamoyillari va qonuniyatlaridir.
D) metodika – bu xususiy pedagogika, texnologiya esa usullar
majmuasidir
7. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri
kirmaydi?
A) “birgalikda o’qiymiz”
B) “arra”
C) “o’ylang, juftlikda ishlang – fikr almashing”
D) “aqliy hujum”
8. “Keys-stadi” ilk marta qayerda va qachon qo’llanilgan edi?
A) “Manchester” universitetining huquq maktabida, 1870-yilda
B) “Garvard” universitetining huquq maktabida, 1830-yilda
C) “Garvard” universitetining huquq maktabida, 1870-yilda
D) “Oxford” universitetining huquq maktabida, 1880-yilda
9. Axborotli texnologiyalar – bu…
A) nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy)
B) pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi
C) o’zaro ta’sir
D) pedagogikada monitoring
10. O’qituvchi nutq qobiliyati – …
A) nutq yordamida o’z fikr va tuyg’ularini aniq ifodalash qobiliyati
B) to’g’ri muloqot maromlarini egallash qobiliyati
C) verbal qobiliyati
D) paralingvistik ta’sir o’tkazish qobiliyati
|