|
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
515
qilishni taqozo qiladi. Bunda axborot komunikatsiya texnologiyalari orqali mustaqil ta’limni
tashkil etish, boshqarish o‘qitish samaradorligini oshirish hamda bo‘lajak kadrlarni
iste’molchilar talabiga muvofiq maqsadli tayyorlash pedagogik jarayonning barcha subektlari
kompetensiyalarini rivojlantirish zaruratini belgilamoqda.
Resrublikamizda fan, ta’lim va ishlab chiqarish intagratsiyasiga mos ravishda talaba
shaxsini kompetensiyaviy imkoniyatlarini mustaqil ta’lim orqali yanada takomillashtirish,
kompetentli kadrlarning innovatsion faoliyatini dasturiy maxsulotlar, mediatalim, interaktiv
ta’lim texnologiyalarida amalga oshirish zarurati kuchaymoqda. Bu esa, oliy ta’lim muassalarida
tasviriy san’at ta’lim tizimidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, fan dasturlarini qayta ko‘rib
chiqishni, o‘quv dasturlari mazmuniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini singdirish, fanlararo
aloqadorlikning nazariy-metodologik asoslarni rivojlantirish hamda ta’lim oluvchilar amaliy va
mustaqil faoliyatlarini takomillashtirishda uning tatbig‘ini oshirish muammosini har tomonlama
chuqur tadqiq qilishni taqozo qilmoqda.
Muammoga doir ko‘plab ilmiy va pedagogik tadqiqotlar amalga oshirilganiga qaramay,
talabalarning mustaqil fikr yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni jahon standartlariga
javob beradigan mutaxassis kadr qilib tayyorlashda mustaqil ta’limni takomillashtirish, axborot
kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda
baholashga ahamiyat berilmagan, mehanizmlari ishlab chiqilmagan.
Tasviriy san’at fanlaridan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va boshqarishga
munosabatni aniqlash maqsadida turli hududlardagi uchta OTMning 6011200-Tasviriy san’at va
muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli 2 va 3 kurs talabalari o‘rtasida
so‘rovnoma o‘tkazildi. Mazkur so‘rovnomada umumiy 402 nafar respondent ishtrok etdi.
Mazkur so‘rovnomadan quyidagi xulosalarga kelindi:
- Talabalar mustaqil ishini nazorat qilishga ijodiy asosda yondashilmayapti. O‘quv
rejalarida auditoriya soatlariga nisbatan auditoriyadan tashqari mustaqil ta’limga ko‘proq vaqt
ajratilayotganiga qaramasdan, ko‘pincha bu vaqt talabalar tomonidan o‘quv faoliyatidan
tashqaridagi “bo‘sh vaqt” sifatida qabul qilinmoqda. Bunda auditoriyadan tashqari mustaqil
ta’limning soatlari haftalik kesimda rejalashtirilmayotgani va nazorat qilmasligi, rag‘batlantirish
choralarining yetarli emasligi asosiy o‘rin tutyapti. So‘rovda ishtirok etgan talabalarning
aksariyati mustaqil ishlar bahosining umumiy bahoga qo‘shilmayotgani, ba’zi o‘qituvchilargina
umumiy ballga qo‘shayotganini ta’kidlagani ham mustaqil ishlarni rag‘batlantirish sust darajada
ekanini ko‘rsatadi;
- auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarishda talabalar tomonidan plagiat va
o‘zlashtirish holatlari keng tarqalgan hodisa bo‘lib qolmoqda. Talabalar akademik halollik
qoidasini buzishini tan olmoqda. Mazkur holat OTMlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan
talabalarga akademik halollik borasida yetarlicha tushuntirish ishlari olib borilmayotgani hamda
mustaqil ishlarni antiplagiat dasturlari orqali tekshirish amaliyotining mavjud emasligi bilan
bog‘liq. Mustaqil ishlarni hanuzgacha qo‘lyozma shaklda qabul qilish amaliyotining saqlanib
qolganligi ham mazkur muammoni yanada chuqurlashtirmoqda;
- talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini tashkil qilishda “oddiydan
murakkabga” tamoyiliga amal qilinmayapti. Shu bilan birga, mustaqil ish mavzusi hamda usulini
tanlashda talabaning qobiliyatlari va qiziqishlari hisobga olinmayapti;
- professor-o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi mustaqil ishlarni o‘quv kursining faqat
nazariy masalalari bilan cheklangan holda tashkil etmoqda. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan
|
| |