300
yuritmalar ishlatiladi. Elektromagnit yuritmalarni asosan yengil avtomobillarda
ilashish muftasini boshqarishni avtomat- lashtirishda qo‘llaniladi.
Ilashish
muftasini boshqarishni osonlashtirish uchun mexanik (servoprujinalar), pnevmatik
yoki vakuumli kuchaytir- gichlardan foydalaniladi.
Gidravlik ilashish muftasi (gidromufta)
yetakchi va yetaklanuvchi
qismlarga ega. Yetakchi qism past qovushqoq ishchi moy bilan to‘ldirilgan xajmni
hosil qiladigan nasosli g‘ildirak va qopqoqdan iborat. Yetaklanuvchi qism bo‘lib
turbina g‘ildirak hisoblanadi. Nasos va turbina g‘ildiraklar tashqi va ichki torlar
orqasida o‘rnatilgan va o‘zaro ular bilan ishchi suyuqlik uchun parraklararo
kanallar hosil qilgan parraklarga ega. Gidromufta parraklarini
odatda tekis radial
qilib tayyorlanadi. Turbina g‘ildirak nasos g‘ildirakka juda yaqin joylashgan.
301
25-mavzu: Ilashish muftalarini gidravlik, mexanik
yuritmalari,ajratish mexanizmlari, tuzilishi, ishlashi.
Reja:
1.Ilashish muftalarini gidravlik yuritmalarining tuzilishi, ishlashi.
2.Ilashish muftalarini mexanik yuritmalari, tuzilishi, ishlashi.
3.Ilashish muftalarini ajratish mexanizmlari, tuzilishi, ishlashi.
Kuchni o‘zgartirishda transmissiyani ishlab turgan
dvigateldan vaqtincha
uzish uchun, avtomobilning o‘rnidan ravon ko‘zg‘alishini ta’minlash va
uzatmalmrni almashtirishda transmissiyani ishlab turgan dvigatel validan
vaqtincha ajratish vazifasini bajaradi.
Ishlash principiga ko‘ra ilashish muftasi friksion, gidravlik va
elektromagnitli bo‘ladi. hozir asosan friksion ilashish muftalari ishlatiladi. Ular
dvigateldagi burovchi momentni uzatmalar qutisiga o‘zaro
ishqalanuvchi disklar
yordamida uzatadi. Ilashish muftasi etakchi disklarning soniga qarab bir, ikki va
ko‘p diskli, siquvchi prujinalarning turiga va joylashuviga qarab – aylana
joylashgan
prujinali, bitta markaziy prujinali va markaziy diafragma prujinali
bo‘ladi. Ailana bo‘ilab joilashgan va markaziy diafragma prujinali, bir diskli,
quruq ilashish muftasi avtomobillarda ko‘proq ishlatiladi.
Chunki bunday ilashish
muftasi oddiy bo‘lib, ishlatish va ta’mirlash ancha qulay.
Friksion ilashish muftasining sxemasi.
1-kojuh, 2-maxovik, 3-nakladkalar, 4-tirsakli val, 5-etaklanuvchi disk , 6-
siquvchi disk, 7-diafragmali prujina, 8-siquvchi podshivnik, 9-birlamchi val, 10-
vilka.
302
Ikki diskli ilashish muftasi asosan og‘ir yuk ko‘taradigan
avtomobillarga o‘rnatiladi. Ural-375, Kraz-257, MAZ-5335. Kamaz-5320. Ko‘p
diskli ilashish muftasi gidromehanik uzatmalarda qo‘llaniladi. Friksion ilashish
muftasi to‘rtta asosiy qismdan tashkil topgan: etakchi va etaklanuvchi qismlar,
siquvchi va ilashish muftasini boshqaruvchi mehanizmlar. Etakchi qismiga
mahovik, qobiq va siquvchi disk, etaklanuvchi qismiga, etaklashuvchi disk kiradi.
Ilashish muftasining qo‘shilishini ta’minlaydigan siquvchi
mehanizm bir nechta
prujinalardan iborat. Boshqarish mehanizmiga ajratish muftasi podshipnigi,
ajratish vilkasi, tortqi, pedal va prujina kiradi.