• P = Kns 2.
  • Gaz bilan payvandlash rejimi




    Download 1,37 Mb.
    bet36/59
    Sana02.02.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #150522
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
    Bog'liq
    Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

    Gaz bilan payvandlash rejimi


    Gaz bilan payvandlash rejimining parametrlariga quyidagilar kiradi: alanganing quvvati, uning tarkibi, qo‘shimcha simning diametri, uning sarfi. Payvandlash rejimini tanlash metallning issiqlik-fizik xossalariga, payvandlanadigan metallning o‘lchamlari va shakliga, payvandlash rejimiga va payvand chokning fazodagi vaziyatiga bog‘liq.


    Alanganing dm3/soat hisobidagi quvvati M payvandlanadigan metallning qalinligi S ga mutanosib: M = Kms.Mutanosiblik koeffitsiyenti Km qalinligi 1 mm bo‘lgan metallni payvandlash uchun zarur bo‘lgan asetilenning dm3/soat hisobidagi solishtirma sarfidir. U tajriba yo‘li bilan aniqlangan va,masalan, uglerodli po‘lat, cho‘yan va jez uchun 100—130
    dm3 /soatga, legirlangan po‘lat va aluminiy qotishmalari uchun 75 dm3/soatga, mis uchun 150—200 dm3/soatga teng. Alanganing talab etilgan quvvatini aniqlab, bu quvvatga mos keladigan gorelka uchligi tanlab olinadi.Alanganing tarkibi kislorod sarfining yonuvchi gaz sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni alanganing tashqi ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Qo‘shimcha eritib qo‘shiladigan metallning massasi bir pogon metr chokni payvandlash uchun qirralar qalinligining kvadratiga mutanosib:

    P = Kns 2.


    Kn koeffitsiyenti qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan qirralarni payvandlashda po‘latlar uchun 1 2 , mis uchun 18, jez uchun 16 va aluminiy uchun 6,5 ga teng qilib qabul qilinadi. Agar qirralaming qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lsa, Kn ning qiymatini 20—25% ga kamaytirish kerak.
    Nazorat savollari:



    1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga qanday tayyorlanadi va gaz alangasini sozlashni izohlab bering




    1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda ustma-ust pastki holatda payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.

    2. Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering

      1. Download 1,37 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




    Download 1,37 Mb.