• Nuqsonlarni aniqlash
  • Keng kulamda foydalanish uchun tavsiya etiluvchi defektoskopik materiallar to‘plami
  • Buyumga defektoskopik materiallar bilan ishlov berish




    Download 3,83 Mb.
    bet54/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK

    Buyumga defektoskopik materiallar bilan ishlov berish. Defektoskopik materiallar bilan ishlov berish jarayoni (5.1-jadval) nuqsonlar bo‘shliqlarini indikator suyuqlik bilan to‘ldirish, uning ortiqchasini olib tashlash va ochiltirgich surtishdan iborat.
    Asosi suv bo‘lgan penetrantlar tarkibiga lyuminessentlovchi moddalar yoki bo‘yovchi moddalar, shuningdek ingibitorlar, ya’ni oksidlash jarayonlarini to‘xtatuvchi moddalar kiradi. Penetrantlar eng texnologiyabob, bexatar, alanga olmaydi va yuzadan oddiy yuvish orqali osongina ketkaziladi. Ammo osongina yuvib ketkazilishi ularning asosiy kamchiligidir, chunki bunda suyuqlikning bir qismi nuqsonlar bo‘shliqlaridan ham chiqib ketadi, bu esa nazoratning sezgirligini pasaytiradi. SHuning uchun bunday penetrantlar cheklangan holda ishlatiladi.
    Asosi turli organik suyuqliklar (kerasin, skipidar, benzol, uayt-spirt va boshqalar) dan iborat bo‘lgan penetrantlar eng keng tarqalgan. Garchi ular foydalanishda ehtiyotkorlikni talab qilsa ham, nuqsonlarni aniqlash sezgirligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
    Penetrantni pulverizator yoki yumshoq mo‘yqalam yordamida qoplash eng maqsadga muvofiqdir. Bunda tutib turish vaqti, hosil bo‘lgan nuqsonlarning kattaligidan qat’i nazar, 5 minutdan oshmasligi kerak.
    Nuqsonlarni aniqlash. Kapillyar defektoskopiya usullarida ochiltirishning besh usuli farq qilinadi. Kukunli («quruq») usulda quruq, asosan oq sorbent ko‘rinishidagi ochiltirgich (kaolin, bo‘r va blshqalar) dan foydalaniladi. U indikator penetrantni shimib oladi.
    5.1-jadval
    Keng kulamda foydalanish uchun tavsiya etiluvchi defektoskopik materiallar to‘plami

    Tuplamning tarmok shifri

    SHartli sezgirlik darajasi

    Ish xarorati os.

    Retseptura

    penetrantniki

    ochiltirgichniki

    tozagichniki

    tarkibi

    mikdori

    tarkibi

    mikdori

    tarkibi

    mikdori

    Lyuminessent usuli

    LYUM-A

    LYUM-B




    I
    II

    20
    20



    Lyumogen
    №2
    VNIIM

    Ditolilmetan


    Spirt
    Emulgator, OP-7
    Noriol A

    Kerosin yonilg‘i





    20g

    500ml

    400ml
    100ml

    15%(mas)
    85%(mas)



    Oq
    “Estra”
    nitroemali
    Tibbiy kolodiy
    Atseton
    Bentonit
    Kaolin

    Suv


    30%(mas)

    30%(mas)

    40%
    0,72-2,21
    % (mas)

    6.67-10% (mas)


    92-97%
    (mas)

    Spirt

    Emulgator,OP-7


    -
    Spirt
    Emulgator OP-7

    80%(mas)

    20%(mas)
    80%(mas)


    20%(mas)



    Rangli usul

    DK-1
    (SNIIT mash)

    DK-2

    (SNIIT mash)
    Aero-12A



    I
    I
    I(lyuminessentnqy) II(svetnoy)



    20
    20
    0-40

    Kerosin
    Noriol A

    Kizil 5S
    Sudani


    Rodamin S


    OP-7

    Spirt
    Spirt


    OP-7
    Rodamin S



    800ml
    200ml
    10g/l
    3%(mas)

    10 ml

    100 ml
    90%(mas)

    10%(mas)
    30 g/l



    Spirt
    Suv
    Kaolin
    Kaolin

    SV-102/50


    ho‘lagichi
    Etilenglikol
    Suv
    Oq“Estra”
    nitroemali
    Tibbiy kollodiy
    Atseton



    500ml
    500ml
    400 g/l
    23-26%
    (mas)
    4,2-4,5ml

    3,5-4,0ml


    100 ml
    30%(mas)


    30%(mas)

    40%(mas)


    Suv
    Emulgator,OP-7,
    OP-10
    -
    Spirt,
    OP-7
    OP-7

    -


    Spirt
    OP-7

    99%(mas)
    1%(mas)
    80 ml
    100ml

    -


    80%(mas)
    20%(mas)

    «Xo‘l» usul konsentrlangan suspenziya, ya’ni uchuvchan erituvchilar (kerosin, benzol va boshqalar), suv yoki ularning aralashmasida qorilgan (disperslangan) oq kukun kurinishidagi ochiltirgichdan foydalanishga asoslangan.
    Metallga bo‘yoq yoki lok qatlamini qoplashda pigmentlangan yoki tez quruvchi eritmadan (masalan, kollodiydan) iborat bo‘lgan, indikator penetrantni shimib oladigan (sorbiylaydigan) ochiltirgichdan foydalaniladi.
    Tasmasimon ochiltirgich ochiltiruvchi qatlami bo‘lgan rangsiz yoki oq indikator tasmasidan iborat. Bu qatlam indikator penetrantni shimib oladi, nazorat qilinayotgan yuzadan nuqsonning indikator qatlami bilan osongina ajralib chiqadi. Tasmasimon ochiltirgich texnologiyabop va eng muhimi, defektogramma olish, uni buyumdan alohida tahlil qilish (tekshirish) hamda nazoratning ob’ektiv hujjati sifatida saqlash imkonini beradi.
    O‘z o‘zidan ochiltirish usulida ikki variant bo‘ladi. Kukunsiz (kristallofluorofor) variantda detal lyuminoforning organik kristallarining uchuvchan erituvchidagi eritmasiga botiriladi, keyin indikator suyuqlikdan chiqarib olinadi. Erituvchi tezda bug‘lanib ketadi, lyuminofor kristallari esa nuqsonning chetlariga o‘tiradi. Bu kristallar ultratovush nurlanishi ta’sirida yorqin lyuminessenlanadi. Butun detalning fonda yorug‘lanishi bartaraf qilish uchun unga maxsus ingibitor eritmasi bilan ishlov beriladi, bu eritma yuzadagi lyuminessensiyani o‘chiradi, ammo nuqsonning kapillyar bo‘shliqlariga kirib borgan lyuminoforga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
    Ushbu ochiltirish usulining yana bir turi o‘z o‘zidan ochiltiradigan variantdir. Bunda shimdirish va tozalashdan keyin detal qizdiriladi, bu esa ochiltirishning o‘rnini bosadi. Detal qizdirilganda maxsus indikator suyuqlik nuqsonning bo‘shlig‘idan chiqib, qotadi va ultrabinafsharang nurlanish ta’sirida lyuminessenlovchi indikator izini hosil qiladi.
    Lyuminessent defektoskopiyasida yuqorida keltirilgan barcha ochiltirish usullaridan foydalaniladi. Kukun yoki suspenziya bilan ochiltirish oddiyligi va materiallarning kamyob emasligi sababli eng keng tarqalgan bo‘lsada, samaradorligi eng pastdir. SHu bois LD da tasma yordamida va o‘z o‘zidan ochiltirish usullari tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
    SD da asosan suspenziyalar ko‘rinishidagi kukunsimon sorbentlar va ochiltiruvchi oq loklar ishlatiladi. Lok ochiltirgichlarning sezgirligi yuqoridir.
    Aniqlanadigan nuqsonlarning o‘lchamiga qarab GOST 18442-73 da sezgirlikning to‘rtta shartli darajasi belgilab qo‘yilgan (5.2-jadval). Sezgirlikning shartli darajasini baholash uchun tabiiy yoki sun’iy nuqsonli test-namunalardan foydalaniladi. Silliqlash rejimi noto‘g‘ri bo‘lganda yuzaga kelgan darzlari bo‘lgan namunalardan test-namunalar sifatida eng ko‘p foydalaniladi.
    5.2-jadval

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107




    Download 3,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyumga defektoskopik materiallar bilan ishlov berish

    Download 3,83 Mb.