• Amaliy maslaxatlar
  • 4 AMALIY MASHGULOT.
  • I-ilova 6-sinflar uchun mеhnat ta’limining gazlamaga ishlov bеrish tеxnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti tashkil qilishning namunaviy ishlanmasini tuzish asoslari.
  • Mustahkamlashga qaratilgan bo‘limlar va mavzular. O‘quvchilarni amaliyotda bajarishi kеrak bo‘lgan o‘rganish ishlari.
  • O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., G. M. Axmedova servi s mehnat ta’limi gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi




    Download 14,08 Mb.
    bet13/62
    Sana04.04.2017
    Hajmi14,08 Mb.
    #2884
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62

    3-MALI MASHG`ULOT
    Asosiy andozaga konstruktiv chiziqlar o`tqazganda ayrim kontur chiziqlar goho o`zgarmaydi. Bu old va ort bo`lak yeng o`miz va yengning qiyamasi chiziqlari. Shu sababli ularni to`qish uchun tayyor hisoblab chiqilgan natijalardan foydalanishni tavsiya etamiz. Ort bo`lak yeng o`mizni hisoblab to`qish (160-rasm). Yeng o`miz kengligidagi (AB bo`lagi) kerakli halqalar sonini topib, teng 3 bo`lakka bo`ling: 3 pX6 sm=18 p. (G__=3p); 18 p:3=6 p.

    Agarda qoldiq qolsa, uni uchdan bir qismining birinchisiga, B nuqtadan boshlab hisoblab qo`shing. Dastlabki uchdan bir qism halqalar to`qilib (milk halqani ham qo`shib 6 ta halqa) 2 martada bekitiladi: o`ng halqalar qatorining boshidagi halqalarni qatorasiga (3 ta halqaning) yarmini bekitib, qator oxirigacha to`qing. To`qimani aylantirib, qator boshida yana 3 halqa bekiting. Keyingi qatorni boshlanishida (o`ng halqalar qatori) qatorasiga ikkinchi qism halqalarini (3 ta halqa) puxtalang va qatorni oxirigacha to`qib bo`lgandan keyin, ters halqalar qatorining boshida xuddi shuncha halqani puxtalang. Ish unchalik zich toqilmagan bo`lsa, dastlabki uchdan bir qismidagi halqa­larni bir martada bekitishga to`g`ri keladi.

    Uchdan ikki qismidan ikkinchisida (6 ta halqa) xar qaysi o`ng halqalar qatorining boshida va oxirida bittadan halqa kamaytiriladi. Qatorning boshida milk halqani ko`chirib, keyingisini o`ng qilib to`qib (qanday gul bo`lishidan kat’iy nazar), uni milk halqa orasidan o`tqazib qo`ying. Shu qator oxirida milk halqa bilan uni yonidagi halqani birga ters qilib to`qing. Ters halqali qatorlarni kamaytirmay to`qing. Oxirgi uchdan bir qismini (6 ta halqani) ikkinchi qism-dek, faqat har o`ng halqali qatorda emas, balki qator oralatib kamaytiring, ya’ni o`ng halqali qatorda kamaytirgandan keyin 3 ta qatorni o`zgartirmay (ters, o`ng, ters qilib) to`qing va shundan keyingina navbatdagi kamaytirishni bajaring. Yeng o`mizning pastki qismini to`qib bo`lgandan keyin, ort bo`lakni yelkasigacha to`qing. Agarda u rezinka usulida, chilvir yoki boshqa «prujinasimon» gulli to`qiladigan bo`lsa, uni o`zgartirmay (to`g`ri chiziq, bo`ylab) to`qing. Boshqa hollarda yeng o`mizga egri shakl bering. Buning uchun yeng o`miz bo`ylab, bir xil intervalda xar gal 1 ta halqadan 2—3 halqa qo`shilsa yetarli bo`ladi (160-rasmda plyus belgilari qanday joylashganiga qarang).

    Ort bo`lak yelkasini va yoqa o`mizni hisoblab to`qish. (161-rasm). Yoqa o`mizning shakli modelga bog`liq bo`ladi. Bizning misolimizda andozaga konstruktiv chiziqlar o`tkazilgandan keyin («tomoqqacha» taqilma qopqog`i) yoqaning yangi o`miz chizig`i asosiy chiziqdan 2 sm pastroq, bo`ladi. Qopqoqning yuqori tomoni esa asosiy chiziqdan 1 sm yuqorida tugaydi (bu ish andozasida ko`rinib turibdi (161-rasm)

    Hisoblashni boshlashda, andozadagi yelka uchlarini to`g`ri chiziq bilan birlashtirib, o`nga yoqaning yangi o`mizning kengligini belgilovchi per­pendiqo’lyar chiziq, tushiring, Shundan keyin hamma hisoblashni andozaning o`ng tomon yarmida bajaring. Yoqaning yangi o`mizni (8 sm) va yelka kengligini (12 sm) o`lchab, shu bo`laklarda qancha halqalar bo`lishi aniqdanadi: 3p x 8 sm=24 p. (yoqa o`mizning yarmi);

    3p x 12 SM—36 p. (yelka). Yelkaning yangi qiyaligini o`lchang (u 3 sm dan sal ortiqroq bo`ladi) va kontrol namunadan shu oraliqda qancha milk halqasi, masalan, 7 ta halqa borligini aniklang. Yelka qiyaligidagi milk halqalarining soni doim yelka halqalarini kamaytirish uchun ajratilgan gruppalar soniga to`g`ri keladi. Demak, bu variantda 7 ta gruppa bor. Endi xar bir gruppada nechta halqa borligini aniqlash kerak. Buning uchun yelkaning halqalarini gruppalar soni­ga (yoki milk halqalarga) bo`lish kerak.

    36 p.:7=5 p. (1p. qoldiq,). Qolgan halqalar sonini, yelkadan boshlab hisoblangandagi 1-gruppaga qo`shing (qolgan halqa soni bittadan ortiq bo`lsa, ularni yelka uch tomonida joylashgan xar bir gruppaga 1 tadan qo`shing). Shunday qilib, yelkada 1 mar­ta 6 ta halqa va 6 marta 5 tadan halqa kamaytiriladi. Bundan keyin yoqaning yangi o`mizning balandligini o`lchab (3 sm), shu ulchamda qancha milk halqa borligini hisoblang — 7 ta (bizning miso­limizda yoqa o`miz balandligi va yelka qiyaligining o`lchami to`g`ri keldi). Yoqa o`miz balandligidagi milk halqalar soni har doim yoqa o`mizning halqalarini kamaytirish uchun bo`linishi ke­rak bo`lgan gruppalar soniga to`g`ri keladi.

    Yoqa o`mizi halqalarini milk halqalar soniga bo`lib, xar gruppada qancha halqa borligini aniqlang. 24 p.:7=3 p. (3 p. qoldiq,). Qoldikni ort bo`lak o`rtasidan boshlab xisoblangandagi, dastlabki uchta gruppaga 1 ta dan taqsimlab qo`shib chiqing. Demak, ort bo`lak yoqa o`mizda 3 marta 4 tadan va 4 marta 3 tadan halqa kamaytirish kerak bo`ladi. Hisoblab chiqorilgan natijani andozaga belgilab qo`ying (162-rasm).Ort bo`lakni yelkasigacha to`qib, uni ters halqalar bilan tugating. Rangli ip bilan ort bo`lak o`rtasini va yoqaning yangi o`miz kengligini belgi­lab qo`ying. To`qishni ikki bo`lib bajaring. Chap bo`lak to`qimani zapas spisaga o`tkazib, o`ng tomonini hozirgina hisoblab chiqarganingizga binoan to`qing. Buning uchun ishning o`ng tomonidan qatorasiga 6 ta yelka halqasini bekiting va oxirida yoqa o`mizning 4 ta halqasini to`qimay qoldirib (bu halqalarni oddiy pishiq ipga utqazib qo`ying), qatorni to`qib qo`ying. To`qimani aylantirib olib, 1-halqani to`qimay kuchiring va ters halqali qatorni oxirigacha to`qing. O`ng halqali qatorning boshlanishida qatorasiga 5 ta halqani bekiting, shu qator oxirida esa yana 4 ta halqani to`qimay qo`ldiring. Endi ipda 8 ta to`qilmay qoldirilgan halqa hosil bo`ldi. Hisob bo`yicha yelka halqalarining hammasi bekitilguncha to`qishni davom ettiring. Yoqa o`miz halqalarini ipga terib qo`ying (ular ochiq qoladi). Shundan keyin ishchi ipni uzib oling. So`ng ort bo`lakning chap tomonini to`qing. Buning uchun ishning o`ngidan, ort bo`lak o`rtasidan chap tomonga 4 ta halqa chekinib, (162-rasmdagi A nuqta) to`qimaga ishchi ipni ulab, o`ng halqali qator­ni oxirigacha to`qing. Ishni aylantirib olib, ters qatorning boshlanishida yelkada 1-kamaytirishni (6 ta halqa) bajaring. Keyingi ka maytirishning xammasini opt bo`lak o`ng tomonidagidek, lekin ishning teskari tomonida bajaring. Yoqa o`miz halqalarini o`ng bo`lakning ochiq halqalari turgan ipga terib qo`ygan qulayroq bo`ladi.



    Amaliy maslaxatlar

    Ort bo`lak yeng o`mizni to`qishdan oldin tuqimangizning mo`ljallangan kengligi to`g`ri ekanini yana bir tekshirib ko`ring. Keyin o`z gavdangizga qo`yib, uni yon choki bo`ylab uzunligi yetarliligini tekshiring.

    Yeng o`miz halqalarini kamaytirgandan keyin polotno chetlaridagi gul simmetriyasining bir xilligiga ayniqsa axamiyat bering.

    Halqalarni puxtalashda, agar qatorning boshlanishida kerakli halqalar sonini kamaytirib, keyingi qatorning oxirida milk halqani to`qimay o`ng spisaga ko`chirish (ip halqa ortida) usuli, ishlatilsa, «zinapoyasiz» tekis chiziq (masalan yelkada) hosil qilish mumkin. To`qimani aylantirib, qatorning boshlanishidagi 2 ta dastlabki halqani — milk halqa bilan yonidagi halqani toqimay ko`chiring, milk halqa yonidagi halqani milk halqa ichiga kiritib, keyin kerakli halqalar sonini oddiy usul bilan puxtalang (bitta halqa oldin puxtalanganini hisobga oling). Har galgi kamaytirishda shu usuldan foydalaning.Yeng o`miz chizig`ini to`g`ri chiqarish uchun, halqalar quyidagicha kamaytiriladi: yeng o`mizning o`ng tomonida (polotno o`ngining o`ng tomoni nazarda tutiladi), ters halqalar qatorining oxirida milk halqani toqimay, ishni aylantirib olib, 1-halqani to`qimay milk halqa orasiga kiritish kerak. Chap yeng o`mizdagi o`ng halqa­lar qatorining oxirida 2 ta oxirgi halqa birga o`ng qilib (milk halqani xam hisoblab) ort devorcha tomonidan to`qiladi, keyingi qatorda ipni . ish oldida joylashtirib, milk halqa ko`chiriladi.

    Ochikq halqalarni ingichka oddiy ipga terib qo`yish tavsiya etilmaydi, chunki detallarga ishlov berish natijasida ochiq halqalar ip bilan birga trikotaj polotno ichiga «tortilib» ketadi. Shuningdek, halqalarni terib qo`yishga, ayniqsa, to`qilayotgan ip rangidagi ipni ishlatish yaramaydi, chunki ochiq halqalar­ni yordamchi ipdan ajratib olish qiyin bo`ladi. Eng yaxshisi kimmat bo`lmagan ip­ni, masalan, to`rlash ipini bir necha qavat qilib ishla­tish kerak. Halqalar yirik bo`lsa ularni sutaj yoki in­gichka shnurga terib qo`yish mumkin. Ipni tortib olishdan oldin ip uchlarini birlashtirib, ikkinchi qo`lga detalni olib, detal bilan ipni qarama-qarshi tomonga torting. Natijada halqalar to`g`rilanib, ularni spisaga o`tqazish qulay bo`ladi.

    Ko`pincha ort bo`lakda koket­ka to`qiladi. Uning guli asosiy ort bo`lak gulidan farq qiladigan bo`ladi. Bu oddiy rezinka yoki ko`chirilgan halqali rezinka, ro`mol tuqima yoki vaflini eslatadigan gul bo`lishi mumkin. Koketka gulning tuzilishiga qarab, keng bo`lib andozadan chiqib ketishi yoki, aksincha, kiri-shib ketishi mumkin. Masalan, ort bo`lakning asosiy guli paypoq uulda bo`lib, koketka 1x l ko`chirilgan halqali rezinka qilib to`ilgan (63- rasmga qarang) bo`lsa, gullarini o`zgartirishda halqalar soni o`zgarmasa, andozadan tor bo`lib qoladi. Bizning misolda, ort bo`lakni koketkagacha to`qib, uning oldidan oxirgi qatorga bir xil intervalda 1 tadan halqa kqo`shish kerak. Ho`sh, qancha halqa qo`shish zarur bo`ladi? Bu savolga kontrol namunasi yordam beradi. 25 ta halqa tergandan keyin, paypoq usulida 3—4 sm to`qkib, halqalar sonini o`zgartirmay, ko`chirilgan halqali 1x1 li rezinka to`qishga o`ting. Endi paypoq to`qimani, keyin rezinkani o`lchab, u rezinkadan masalan, 1,5 sm ga keng ekanini aniqlab oling. 1,5 sm ga qancha halqa to`g`ri kelishini hisoblab ko`ring. Masalan, 3 ta halqa chikadi — bu kontrol namunasi rezinka usulida to`qilganda tor bo`lib qolmasligi uchun qo`ishsh ke­rak bo`lgan halqalar sonidir.

    Endi halqalarni qo`shish oralig`ini toping; 25 p.:3 p.= 8 p. Demak, koketka oldidan bitta qatorda har 8 ta halqadan keyin 1 tadan halqa qo`shish kerak ekan. Halqalar­ni qo`shishda, ular kam seziladigan bo`lishi uchun o`tilmadan hosil qilgan ma’qulroq. Keyingi qatordan koketka gulini boshlasa bo`ladi, u albatta andozaga to`g`ri keladi.

    Ba’zan koketka oldidan to`qima salgina teriladi. Burmani yeng o`mizdan 4—6 sm qochirib taqsimlab qo`yiladi. Agarda burma ko`p bo`lsa, bitta qatorda 2 tadan halqa­ni birga to`qib, shundan keyin koketka boshlanadi. Burma chiroyli chiqishi uchun, asta-sekin spisalarni o`zgartirish hisobiga gulning tuzilishi yumshatiladi: koketkaga 8-10 sm qolganda spisa o`zgartiriladi va yarim nomer ortiqroq spisada to`qiladi. 1,5-2 sm to`qilgandan keyin spisa yana yarim nomer ortiqda o`zgartiriladi va shunday qilib har 1,5—2 sm da spisa o`zgartirib turiladi. Agarda kerakli nomerdagi spisalar bo`lmasa, shu bitta nomerli spisada har gal bo`shroq qilib to`qib ko`ring, lekin tuqishni o`rganayotganlar uchun bu oson emasligini hisobga olib qo`ying.


    4 AMALIY MASHGULOT.
    Jaketning ort bo`lagi va yengi tuqilgan. Endi old bo`laklarini to`qishni boshlash mumkin. Shunday qoida bor: agar old bo`lak taqilma qopqog`i bilan birga to`qiladigan bo`lsa, tugmaga mo`ljallangan halqalar o`rnini xatosiz belgilash uchun, to`qishni chap old bo`lakdan boshlash kerak. Old bo`lak to`qilib, tugmalar qo`yiladi va qancha tugma kerakligi aniqlab olinadi, shundan keyin o`ng old bo`lak andozasida (erkaklar kiyimida halqalar chap old bo`lak tomonda joylashadi) halqa­lar o`rni belgilanadi. Old bo`laklar taqilma qopqoqsiz to`qiladigan bo`lsa, (ular ish bitgandan keyin to`qib, yoki tikib ulab qo`yiladi)to`qishni hoxlagan old bo`lak­dan boshlash mumkin. Old bo`lakni taqilma qolpoq bilan birga to`qish.

    Oldbo`lakni boshlashda kerakli halqalar sonini aniqroq hisoblab chiqish uchun to`qilgan ort bo`lakdan foydalaning. Agar old bo`lak ham tayyor ort bo`lak guli bilan to`qiladigan bo`lsagina shunday qlish mumkin. Ort bo`lakni old bo`lak andozasining ustiga qo`yib, ort bo`lakning pastki tomonidan hisoblang. Keyin spisaga kerakligicha halqa terib, bir yo`la gorizontal va vertikal taqilma qalpog`ini ro`mol usulida 4 sm qilib to`qing (163-rasm). Shundan keyin vertikal qopqoqni dastlabki gul bilan to`qishni davom ettiring, gorizontal qalpoqdan keyin asosiy gulni to`qishga o`ting. Old bo`lak va taqilma bir vaqtning o`zida har xil gul bilan to`qilishini, shu sababli ulardan biri ikkinchisidan uzunasiga tezroq «o`sib», shu tomondagi polotno qarama-qarshi tomondagiga qaraganda uzun bo`lib qolishi ehtimoldan holi emasligini hisobga oling. Gulning «o`sishini» to`xtatish kerak, buning uchun, masalan, asosiy gul «ilgarilab» ketsa, bunda qopqoq halqalarini to`qing, to`qimani yana aylantirib yana faqat qopqoqni to`qing (asosiy gul halqalari to`qilmay qoladi). Shunday qilib qopqoq ikki qatorga uzaydi, asosiy gul esa shuncha «orqa­da qoldi». Har gal gullarning biri oldinga «ketganini» sezib qolsangiz bu usuldan foydalaning (qatorasiga ikkita to`qilmagan qatorni qoldirmang, chunki unda qopqoq bilan asosiy gul orasida juda katta teshik hosil bo`­lib qoladi).

    Vertikal qoqpqoq bilan asosiy gul orasida yordamchi halqa to`qish tavsiya etiladi, chunki u qatorni extiyotlik bilan oxiriga yetkazmay, ixchamroq to`qdshga yordam beradi. Bu halqa gorizontal qopqoqdan keyinoq ishga tushiriladi va old bo`lakning o`ngida ters halqa, teskari tomonida esa o`ng halqa qilib to`qiladi, natijada qopqoq bilan aso­siy gul orasida vertikal navsimon yoql hosil b`ladi (163-rasmga qarang). Qatorni oxirigacha to`qish zarur bo`lmagan paytlarda, uni yordamchi halqagacha to`qib, keyin bu qator o`ng yoki ters halqaligidan qat’i nazar yordamchi halqa bilan ters qilib to`qiladi. To`qimani aylantirib, halqani to`qilmay (milk halqaga o`xshash) ko`chiriladi va spisada tarang tortiladi. Shun­dan keyin qator oddiy usulda to`qiladi.

    Tasilma qopqog`ini rezinkali qilib to`qishda yordamchi halqaga hojat qolmaydi, chun­ki uning vazifasini rezinkaning ters halqasi o`taydi. Faqat taqilma qopqoq asosiy guliga o`ng halqa bilan emas, balki ters halqa bilan tegib turadigan qilib qo`yish kerak bo`ladi. Old bo`lakning guli qopqoq tersining tekis guliga to`g`ri kelganda ham yordamchi halqa kerak bo`lmaydi.

    Eslatma. Old bo`lak yon choki ham ort bo`lak yon chokidek to`qiladi.

    Qisman to`qish. Bunda qatorning hamma halqalari to`qilmay, faqat uning ma’lum qismi to`qiladi. Qisman to`qishdan yoki o`mizni, gorizontal vitochkalarni, yoqalarni, bosh kiyim soyabonlarini va hakoza to`qishda foydalaniladi. Halqalarning ma’lum qismini qatorning har xil joyida: o`rtasida (164-rasm, a), faqat chetida (164-rasm, b) to`qish yoki bir tomondagi chekka halqalarni (164-rasm,v) to`qish mumkin. Qatorni to`qilayotgan qismi asta-sekin uzaya borib, ayni vaqtda qatorning to`qilmayotgan halqalari o`z joyida o`zgarmay qolaveradi (bunda qatordagi halqalar­ning dastlabki soni o`zgarmaydi).

    Qisman to`qish variantini qo`llashda faqat qatorning o`rtasini to`qishni, masalan bosh kiyim soyabonini to`qishni ko`rib chikamiz (polotnoning faqat chetini qisman to`qish yo`li bilan ort bo`lak yoqa o`mizni to`qiyotganingizda tanishib chiqdingiz). Spisaga 30 ta halqa terib, o`ng halqalar bilan 1 — 2 qatorlarni to`qing. Shundan keyin polotno chetiga 3 tadan halqa yetkazmay to`qing (165-rasm).

    1-qatorda 27 ta o`ng halqalar to`qing (milk halqalar shu hisobda). Chap spisada 3 ta halqa to`qilmay qoldi. To`qimani aylantirib oling. 2-qatorda 1-halqani to`qimay ko`chirib, spisadan qattik tortib qo`ying va 24 ta o`ng halqa to`qing. Chap spisada 3 ta to`qilmagan halqa qoldi. Endi polotnoning ikkala che­tida 3 tadan to`qilmagan halqa qoladi.

    Ishni aylantirib oling. 2-qator — halqani ko`chiring, to`qimay spisada tarang tor­tib to`qing, 21 ta halqani o`ng qilib to`qing. Chap spisa­da 6 ta halqa to`qilmay qoladi. Keyin ishni davom ettirib, to polotnoning chetlarida 12 tadan to`qilmagan halqalar qolguncha, har qator oxirida 3 tadan halqani to`qimay qoldiring. So`ng qatorni oxirigacha to`qing, to`qimani aylan­tirib olib, milk halqani ko`chirib, shu qatorni oxirigacha o`ng halqalar bilan to`qing (29 ta halqa) va ularni bekiting. Shunda polotnoning yuqori tomoni yoy shaklini oladi.

    Gorizontal vitachkavi hisob-lash va to`q,ish (166-rasm). Vitachkani har hil qilib to`qish mumkin. Ochiq deb ataladigan vitachkani oldin to`qib olib, keyin birlashtirish, vitachkani berk to`qish ham mumkin, bunda qisman to`qiladi (bunday vitochkadan ochiq vitachkaga qaraganda ko`proq foydalaniladi). Kengligi 4 sm, uzunligi 12 sm (G3=3p.) bo`lgan berk vitachkaning misolida uni hisoblash va to`qish xususiyatlarini ko`rib chiqamiz. Vitachka uzunligidagi halqa­lar sonini aniqlang: 3 px12 sm=36 p. Kontrol namunadan vitachka kengligidagi milk halqalar soni, masalan 8 ekanini hisoblang. Vitachka kengligi­dagi milk halqalar qisman to`qish uchun vitachkadagi halqalar soniga bo`linishi kerak bo`lgan gruppalar soniga teng bo`ladi. Demak, bu misolda 8 ta gruppa.

    Har gruppadagi halqalar so­nini aniqlang: 36 p.:8= 4 p. (4 p. qoldiq). Qoldiqni bir-liklarga bo`lib, yon chokdan boshlab hisoblab, birinchi gruppalarga qo`shing: 5 5 5 5 4 4 4 4. Hisoblangan natijani andozaga belgilab qo`ying.

    Chap old bo`lak vitachkasini to`qishda har ters halqali qatorning oxirida halqalar­ni to`qimay qoldiriladi, o`ng old bo`lakda esa o`ng halqalar to`qimay qoldiriladi. Chap old bo`lakning vitachkasini pastki tomonigacha to`qib (167-rasmdagi A nuqta), milk halqani ham hisobga olib, chap spisada ters halqa qatorida 5 ta to`qilmagan halqa qoldiring. To`qimani aylan­tirib, 1-halqani to`qimay ko`chirib (bunda ishchi ip to`qimani o`rab qolmasligini kuzatib boring), uni spisada iloji boricha tarangroq qilib torting, keyingi 1- va 2-halqalarni qatordagi boshqa halqalarga nisbatan tarang­roq qilib to`qib, o`ng halqa­li qatorni oxiriga yetkazing. To`qimani aylantirib oling va yana ters halqali qator oxirida 5 ta halqa to`qimay qoldiring (Endi chap spisa­da to`qilmagan 10 ta halqa hosil bo`ldi).

    Hisobga ko`ra to spisada 36 ta to`qilmagan halqa hosil bo`lguncha to`qishni davom et

    tiring. Shundan keyin ters halqalar qatoridagi hamma halqalarni, vitachka halqalarini ham qo`shib to`qing. Bun­da vitachka halqalar gruppasining orasida sezilarli darajada nuqsonlar borligiga hayron bo`lmang, ular old bo`lakni dazmollashda kamroq seziladigan bo`lib ketadi. Qisman to`qishdan keyingi birinchi qatorni (butun qatorni) to`qishda shunday qiyinchilikni uchratish mum­kin: agarda old bo`lak murakkab gul bilan to`qilayot gan bo`lsa (homaki halqalar chalishuvidan, o`ng va ters halqalarni birlashtirishdan iborat va hakazo), shu qatordagi gul ritmi ba’zan o`zgaradi. Bunga ahamiyat bermay, gulni to`g`ri to`qdshgai davom etish uchun kerakli bo`lgan navbatdagi qatorni to`qiyverish lozim. Eng muhimi, old bo`lakning taqilma qopqoq yonidagi guli buzilmasligi kerak, qo`ltik, tomondagi gullar kam ko`rinadi, va bundan tashqari vitachka moxirlik bilan ishlansa, qisman to`qilgan joylar modelning umumiy ko`rinishini buzmaydi. Vitachkani to`qib bo`lgandan keyin, old bo`lakni yeng o`mizgacha to`qing (yon chokda halqalar qo`shmang).

    Amaliy maslaxatlar

    Agarda qopqoqning guli old bo`lak guliga mos kelishiga gumoningiz bo`lsa, ishni boshlashdan oldin, kichkinagina bo`lakni to`qib ko`ring. U qopqoq guli to`g`ri tanlangan tanlanmaganligiga ishonch hosil qilishda yordam beradi. Buning uchun eng kamida eni 10—12 sm, bo`yi 7—8 sm li polotno to`qish kerak bo`ladi. Unda bir yo`la ikki xil gul— taqilma qopqoq guli va old bo`lak gulini to`qisangiz ular yonma-yon qanday ko`rinishini takqoslay olasiz.

    Taqilma qopqoqni old bo`lak bilan birga qo`shib to`qishgina emas, balki uni alohida tayyorlab, so`ng tayyor kiyimga tikib ulash yoki to`qib ulash ham mumkinligini bir bor eslatib o`tgan edik. Bunda qalpoq bo`yiga (vertikal) yoki ko`ndalangiga to`qilishi mumkin. Ko`ndalangiga to`qiladigan bo`lsa, uning halqalari milk halqalaridan teriladi (qopqoq to`qib ulanadi). Agar­da qopqoq tikib ulanadigan bo`lsa, u ko`pincha vertikal yo`nalishda to`qiladi. Qopqoqning rangi old bo`lak rangidan farq qiladigan yoki qalinroq ipdan to`qiladigan bo`lgandagina u tikib ulanadi.

    Tikib ulangan vertikal taqilma qopqoqlarda ba’zan modelning pastki tomonida old bo`lak bilan qopqoqning tutashtirilgan joyi seziladigan bo`lib qooladi. Bunday nuqsonlarga yo`l qo`ymaslikka harakat qiling. Masalan, ostki qopqoq bilan taqilma qopqoq bir xil ipdan to`qigan bo`lsa, ular bir vaqtda boshlangani ma’qul. Polotnoning gorizontal qolpoq uzunligigacha to`qib, vertikal qolpoq halqalarini to`g`nog`ichga o`tkaziladi (168-rasm) va old bo`lakning oxirigacha . to`qiladi (masalan, rangdor yo`llik bo`lsa). Bundan keyin tug`nog`ichdagi halqalarni spisaga o`tkazib, o`nga old bo`lak tomondan bitta xavoyi halqa qo`shib, yangi halqadan milk halqa sifatida foydalanib, qolpoq kerakli uzunlikgacha to`qiladi.

    Agarda taqilma qolpog`i old bo`lak bilan birga, 1x1 li rezinka usulida to`qiladigan bo`lsa, rezinka toq sonli halqalardan iborat bo`lishi kerak. Uni milk halqadan keyin o`ng halqa bilan boshlash kerak (detalning o`ngidan), shunda qolpoq yordamchi halqa o`rniga ishlatiladigan ters halqa bilan old bo`lakka tegib turadigan bo`ladi.

    Vitachkani to`qishda old bo`lakning taqiladigan tomoni vitachka kengligicha uzayishi:

    kerak (kukrak uchun kerakli kiyim). Buni qolpoq gulini o`rinsiz «uzaytirish» deb qabul qilish yaramaydi. Vitachkani va old bo`lakni yeng o`mizgacha to`qib bo`lganingizdan keyin, vitachkadan hosil bo`lgan old bo`lak ortiqchasini birlashtirib kuklab oling (169-rasm), shunda spisadagi to`qimaning cheti gori­zontal bo`ladida, old bo`lak­ni andoza ustiga qo`yib ko`rish ancha qulaylashadi. Ko`kragi katta gavdalarga vitachkadan tashqari yon choki bo`ylab yana solqi hosil qilish (1,5—2 sm) tavsiya etiladi. Bunday hollarda yon chok chizig`i — beldan to yeng o`mizgacha, ort bo`lakka qaraganda solqi o`lchami uzunroq to`qiladi. Yana yeng o`mizning pastki qismida ham qo`shimcha solqi (1,5—2,5 sm) hosil qilish mumkin. Bunda old bo`lak yeng o`mizni solqining o`lchamicha uzunroq to`qish zarur.

    Old bo`lakda keng chilvir gul toqishga qaror qilgan bo`lsangiz, andozada uning joyini aniqlashda, vitachka bilan kesishmasligiga ahamiyat bering. Agarda shunday bo`lib qolsa va chilvir gulni boshqacha joylashtirishning iloji bo`lmasa, qisman to`qish natijasida gulning shakli buzilib qolmasligi uchun, vitachka kaltaroq olinadi. Agarda model qorni chiqqan erkaklar va bolalar uchun to`qiladigan bo`lsa, old bo`lak yon chokini ort bo`lak yon chokiga qaraganda 2—3 sm uzunroq qilib to`qish tavsiya etiladi. Detallar birlashtirilayotganda modelning oldi ko`tarilib qolmasligi uchun ortiqcha qismi solqi qilib tikiladi. Qorni juda chiqqan kishilarga, yon chokda solqidan tashqari vitachka ham tavsiya eti­ladi. Vitachkning kengligi 1,5—2 sm, uzunligi 4—6 sm bo`ladi.


    I-ilova

    6-sinflar uchun mеhnat ta’limining gazlamaga ishlov bеrish tеxnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti tashkil qilishning namunaviy ishlanmasini tuzish asoslari.

    6- sinf o‘quvchilarga o‘quv yili davomida mеhnat ta’limining gazlamalarga ishlov bеrish tеxnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan o‘quv amaliyot davrida bеvosita qatnashish va ko‘rish ta’ssurotlari orqali mustahkamlash imkoniyati bo‘ladi.

    O‘quvchilar o‘quv yili mobaynida mashg‘ulotlar davomida jun va ipak tolalar, jun va ipak tolali gazlamalar, ularga oyoq yuritmali tikuv mashinalarida ishlov bеrish tеxnologiyalari, maktab yoshidagi bolalarga oid kiyimlarni bichish, tikish, modеllashtirish, tayyorlashga oid bilimlar bilan tanishgan bo‘lsa, o‘quv amaliyotida ular bеvosita yaqindan ko‘rish ta’ssurotlari orqali amaliy tanishadilar.

    O‘quvchilarga o‘quv amaliyoti o‘tkazishdan maqsad ular olishgan va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bеvosita amaliyot mobaynida mustaqil ishlar bajarish va ko‘rish ta’ssurotlari orqali mustahkamlashdan iboratdir.

    O‘quvchilarni amaliyotga olib chiqish va uni o‘tkazish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak bo`ladi.

    I. O‘quvchilarni amaliyot o‘tashga tayyorlash ishlari, ularga yo‘l-yo‘riq tushunchalari bеrish bilan boshlanadi. O‘quvchilarga amaliyotni o‘tkazishdan maqsad va amaliyot davrida bajariladigan vazifalar batafsil tushuntiriladi. O‘quvchilarni o‘zlashtirish qobiliyatiga va amaliyot o‘tayotgan joyni sharoitiga qarab almashtirish, jadvallari va guruhlari tuziladi.

    Amaliyot mobaynida o‘quvchilarga o‘rganish uchun bajariladigan ishlar bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar bеriladi. Amaliyot mobaynida o‘quvchilar rioya qiladigan mеhnat xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tushunchalar bеriladi.

    Gazlamalarga ishlov bеrish bo‘yicha maktab atrofida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy xalq hunarmandchilik soxalari haqida o‘quvchilarga tushuncha va ko‘rsatmalar bеriladi.

    II. Umum o‘rta ta’lim maktablari atrofida joylashgan va 6-sinf o‘quvchilarini o‘quv yili mobaynida olgan bilim, ko‘nikmalariga mos holda o‘zida mujassamlashgan tikuvchilik hamda to‘quvchilik ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro huquq va majburiyatlari ifolangan kеlishuv shartnomasi asosida amaliyotiga olib chiqiladi.

    O‘quvchilarni mеhnat va harakat xavfsizlik qoidalari, amaliyot mobaynida amoliyotni kunlik vaqt davomiyligi va muddati, ish joylari bilan tanishtirilib tеgishli jurnallarga imzo qo‘ydiriladi.

    III. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida amaliyot davrida o‘quv yili mobaynida olgan tikuvchilikda ishlatiladigan matеriallar, asbob-uskunalar, jihozlar, oyoq yuritmali tikuv mashinalari, to‘quvchilik tеxnologiyasi haqidagi tasavvurlarini bеvosita gazlamalarga ishlov bеrib, mahsulot kiyimlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv maxoratiga oid malakalarini mustahkamlash uchun mustaqil amaliy o‘rganish ishlarini bajaradilar.

    Mustaqil amaliy o‘rganish ishlarini bajarish uchun o‘quvchilar psixofizologik qobiliyatini hisobga olgan holda o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan komplеks variantdagi amaliy mеhnat topshiriqlarini o‘quvchilarga mustaqil bajartiriladi. Tikuvchilik va to‘quvchilik usta hunarmand huzurida o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.

    IV. Amaliyot o‘quvchilarni yakuniy hisobot tayyorlab topshirishlari bilan yakunlanadi. O‘quvchilar tayyorlagan hisobotlarida amaliyot o‘talgan jamoalari tarixi, faoliyatlari, o‘zlarini bajargan kundalik ishlari, o‘qituvchi va jamoa xodimlari yordamida ko‘rgan va olgan ta’ssurotlari bo‘yicha puxta mustahkamlash orqali egallagan maxoratlarini ifadolovchi umumxulosalar yoritilishi kеrak.

    O‘qituvchi amaliyot yakunida o‘quvchilarni tayyorlagan hisobotlari asosida og‘zaki so‘roq orqali o‘quvchilarni gazlamashunoslik va gazlamaga ishlov bеrish tеxnologiyasi bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini saviyasini baxolaydilar.

    Quyida mеhnat ta’limining gazlamaga ishlov bеrish tеxnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 6- sinflar uchun o‘quv yili oxirida o‘quv amaliyotini tashkil qilish va o‘tkazish uchun namunaviy ishlanma jadvali kеltirilgan.

    7-jadval




    Mustahkamlashga qaratilgan bo‘limlar va mavzular.

    O‘quvchilarni amaliyotda bajarishi kеrak bo‘lgan o‘rganish ishlari.

    O‘quvchilarni bajargan o‘rganish ishlari.

    Izoh

    1

    2

    3

    4

    5

    1.

    Jun va ipak tolalar. Jun va ipak tolali gazlamalar haqida.

    Tolalar turlari, tuzilishi, gazlamalar bilan amaliy tanishish.

    Jun va ipak tolalari bilan amaliy tanishildi.




    2.

    Tikuvchilik va to‘quvchilikda foydalaniladigan asbob uskunalar haqida.

    Mashinani tikuv ignalari va to‘quvchilik spitsalari hamda kiyim furniturasi boshqa asbob-uskunalar bilan amaliy tanishish.

    Ilgak va halqalar, to‘quvchilik ilmoqlari bilan amaliy tanishildi.



    3.

    Oyoq yuritmali tikuv mashinalari haqida.

    Oyoq yuritmali tikuv mashinasi tuzilishi va ishlashi bilan amaliy tanishish.

    Oyoq yuritmali tikuv mashinasi bilan amaliy holda to‘liq tanishildi.




    4.

    Maktab yoshidagi bolalarga oid kiyimlarni bichish va tikish haqida.

    Maktab yoshidagi bolalarga oid kiyimlarni modеllashtirish, bichish, tikish ishlari bilan amaliy tanishish.

    Maktab yoshidagi bolalar uchun nimcha kiyimlarini bichish va tikish ishlari bilan amaliy tanishildi.




    5.

    Gazlamalarga ishlov bеrishga oid zardo`zlik xalq hunarmandchiligi haqida

    Zardo`zlik xalq hunarmandchilik tеxnologiyalari bilan amaliy tanishish.

    Zar to`n tayyorlash jarayoni bilan tanishildi.




    6.

    Gilamchilik haqida.

    Gilam tayyorlash tеxnologiyalari bilan amaliy tanishish.

    Usta hunarmand huzurida gilam to`qish usullari o‘rganiladi.





    Download 14,08 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




    Download 14,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., G. M. Axmedova servi s mehnat ta’limi gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi

    Download 14,08 Mb.