31
!
!
!
tongda hujumga o‘tildi. Shahar aholisi bosqinchilarga mardonavor qar-
shilik ko‘rsatdi. O‘ratepa to‘plardan o‘qqa tutilganligi natijasida vayron
qilinib, dushman tomonidan egallandi. Hujum natijasida 2 ming nafardan
ko‘proq aholi halok bo‘ldi.
Rossiya imperiyasining harbiy qo‘shinlari O‘ratepani egallagan-
dan so‘ng, 12-oktabrda navbatdagi harakat Jizzaxga qarshi boshlandi.
To‘xtovsiz otishmalar natijasida shahar devorlari vayron qilinib, ikki
kecha-kunduz davom etgan jangdan so‘ng 1866-yil 18-oktabrda Jizzax
shahri ham podsho hukumati qo‘liga o‘tdi. Uni bosib olish uchun bo‘lgan
jangda har ikkala tomondan 6 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘ldi. Bu
shahar himoyasida Buxoro amirligidan yordamga chiqqan kuchlar kechi-
kib keldi. Ular himoyachilarga hech qanday yordam bera olmasdan orqa-
ga qaytishdi. Podsho hukumati Jizzaxda 3 ming askar, 300 kazak va 12
to‘pdan iborat harbiy kuchlarini qoldirdi. 1864–1866-yillar davomida bo-
sib olin gan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Sir daryo viloyati tashkil qilindi.