155
X U l O S A
XVIII asrda uch xonlikdagi o‘zaro urushlar,
ichki nizolar va paro-
kandalik yurtimizni egallash uchun istilochilarga qulay zamin yaratdi.
Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston
xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi. Podsho hukumati o‘lkani siyosiy-
hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xal-
qini ma’naviy-ruhiy bo‘ysundirishga harakat qildi. Podsho hukumati to-
monidan joriy qilingan siyosiy tuzum o‘lkada mustamlakachilik hukm-
ronligini qaror toptirishga va o‘zbek milliy davlatchiligini yo‘q qilishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni tarixiy murakkab
va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilli-
gi
va birdamligini saqlab, o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan
turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda
o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan
judo bo‘lishi shubhasizdir.
Darhaqiqat, Rossiya imperiyasining istilosi ko‘pgina sabablar bilan
bir qatorda o‘sha davrda mavjud bo‘lgan harbiy-siyosiy boshboshdoqlik,
davlat hukmdorlarining uzoqni ko‘rishga qodir emasligi, ma’naviy-ruhiy
ojizligi oqibatida ro‘y berganini ko‘plab tarixiy misollar asoslab turibdi.
Bu achchiq bo‘lgan haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta
umid va ishonch bilan kirib kelayotgan, siz, yosh avlodga doimo saboq
bo‘lishi lozim.
Mustamlaka yillarida
xomashyoni qayta ishlash, tog‘-kon sanoati,
paxtachilik sanoati, temiryo‘l transporti va boshqa tarmoqlar Rossiya
imperiyasi sanoati ehtiyojlarini ta’minlashga mo‘ljallangan edi. Ana shu
korxona mahsulotlarining tashib ketilishi bu korxonalarni foyda ko‘rish
va ishlab chiqa rishni zamonaviylashtirishga imkon bermadi.
Rossiyadan keltirilgan sanoat tovarlari bilan raqobat tufayli Turkis-
ton hunarmandchilik-kustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. Bu esa
o‘z navbatida o‘lkaning iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaramligini yanada
kuchaytirdi.
http://eduportal.uz
156
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil bir
guruh ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda
Rossiya imperiyasi
o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish
vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: «... har
tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz,
uning ma daniyati,
milliy tafakkuri, urf-odatlari,
turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz ay-
tish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda
baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini
saqlab
qoldimi yo yo‘qmi?»
a
lbatta, davlatimiz rahbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchi-
lar darsliklarda tarixiy ma’lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustam-
lakachilarining jabr-zulmi sharoitida ham xalqimiz o‘zligini, milliy qad-
riyatlarini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qolganini
o‘quvchilarga yetkazib bermoqdalar.
Mustamlaka davrida ham mamlakatimiz to‘la-to‘kis dunyo sivili-
zatsiyasidan ajralib qolmadi. Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat
qilsa-da,
turli zavod va fabrikalar, banklar, tijorat tashkilotlari hamda
temiryo‘l kirib keldi.
Darhaqiqat, mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning
erkinlikka, taraqqiyot va istiqlolga bo‘lgan
azaliy intiqlik kayfiyati
so‘nmadi. Xal qimizning yurak-bag‘riga teran o‘rnashgan mustaqillik va
ozodlik tuyg‘usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada
O‘zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.