149
?
?
!
!
!
edi. Bu borada torli-kamonchali cholg‘u asboblari (g‘ijjak, qo‘biz, uchtor),
torli-noxunli (do‘mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puf-
lama nayli (nay, surnay), mushtuk-puflamali (karnay), zarbli-membranali
(doira, nog‘ora, chindovul) kabi cholg‘u asboblari keng tarqalgan edi.
Turkistonning o‘sha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijro-
chilar ham, ansambl ijrosi ham rivojlandi. Karnay, nog‘ora yoki doira,
ya’ni qattiq jaranglovchi cholg‘u asboblari an’anaviy bayramlarda, to‘y-
tantana larda, ommaviy tomoshalarda jo‘rovoz bo‘lgan; birmuncha past
jarang lovchi cholg‘u asboblari – surnay, dutor, g‘ijjak esa kamer (xonada)
yoki konsert (davrada) ijrosiga mo‘ljallangan edi.
Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II
(Feruz) davrida yanada rivojlandi. O‘z davrining ma’rifatli hukmdori
bo‘lgan Feruz san’at namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib,
ular faoliyatiga homiylik qilgan. Bundan tashqari bevosita musiqa san’atini
rivojlantirishga oid farmonlar ham chiqargan.