xarajatlar deganda kafolat muddati inobatga olingan holda kafolat majburiyatlarini bajarish
rejasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi.
(5-q.)
Soliq davri tugagach, soliq toʻlovchi tashkil etilgan zaxiraning miqdoriga kafolatli
taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur
tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan davrda realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushidan
kelib chiqqan holda tuzatish kiritishi kerak.
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq davrida kafolatlar berish sharti bilan realizatsiya
qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish uchun toʻliq
foydalanilmagan zaxira summasi soliq toʻlovchi tomonidan keyingi soliq davriga oʻtkazilishi
mumkin. Bunda keyingi soliq davrida yangi tashkil etilayotgan zaxiraning summasiga zaxiraning
oldingi soliq davridagi qoldigʻi summasi miqdorida tuzatish kiritilishi kerak. Agar yangi tashkil
etilayotgan zaxiraning summasi oldingi soliq davrida tashkil etilgan zaxira qoldigʻining
summasidan kam boʻlsa, ular oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchining joriy soliq davridagi daromadlari
tarkibiga kiritilishi lozim.
(7-q.)
Agar soliq toʻlovchi zaxira tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, kafolatli
taʼmirlashga doir haqiqiy xarajatlarni hisobdan chiqarish tashkil etilgan zaxira hisobidan amalga
oshiriladi. Agar tashkil etilgan zaxiraning summasi soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan
taʼmirlash xarajatlarining summasidan kam boʻlib qolsa, ular oʻrtasidagi farq chegirmalar
jumlasiga kiritilishi lozim.
(8-q.)
Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlash va ularga kafolatli xizmat
koʻrsatish sharti bilan sotishni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ilgari tashkil etilgan va
foydalanilmagan zaxiraning summasi kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatishga doir
shartnomalarning amal qilish muddatlari tugaganidan keyin daromadlar tarkibiga kiritilishi lozim.