194
О‘qituvchi yangi mavzu bо‘yicha о‘quv
topshiriqlarini tuzganda
о‘quvchilarning о‘rganilayotgan obyektni avval о‘rganilgan obyektlar
bilan taqqoslashi, о‘xshashlik va farqlari, о‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlashi, mazkur obyektlar о‘rtasidagi
umumiylik, о‘rganilayotgan
obyektning о‘ziga xos tomonlari, eng muhim jihatlarini topishi buning
uchun avval о‘zlashtirgan bilimlari va kо‘nikmalarini yangi kutilmagan
vaziyatlarda qо‘llab yangi mavzu mazmunini о‘zlashtirish imkoniyatini
nazarda tutmog‘i lozim.
DTS ning uchinchi tarkibiy yordamchi qismi о‘quvchilarning
biologiya о‘quv faniga bо‘lgan qiziqishlari
va ehtiyojlari asosida
о‘qituvchi tomonidan olib boriladigan darsdan va sinfdan tashqari
mashg‘ulotlar hamda о‘quvchilarning mustaqil ta’limini о‘z ichiga oladi.
О‘quvchilarning mustaqil ta’limi qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari,
internet, multimedialar vositasida muayyan mavzularda izlanishlar olib
borishi, ma’ruza va referatlar tayyorlashi, о‘simliklar,
hayvonlar va
mikroorganizmlar ustida kuzatish va tajribalar о‘tkazishi, ularning
natijalarini izohlash va rasmiylashtirishlari, respublikamizda sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish borasida va ekologik muammolarni hal
etishga oid tashkil etiladigan turli tanlovlar uchun materiallar tayyorlash,
olimpiadalarga tayyorgarlik kо‘rish kabilarni о‘z ichiga oladi.
DTSning
bu
tarkibiy
qismining
samaradorligi
о‘quv
muassasasining yо‘nalishi, о‘quvchilarning kelgusida egallaydigan
mutaxassisligi
va ularning ehtiyoji, qiziqishi, о‘qituvchining pedagogik
bilim, mahoratiga bog‘liq bо‘ladi.