132
19-§. UY VAZIFALARI
Darslik bо‘yicha uy vazifalari о‘qituvchining
darslar bilan
bog‘liq bо‘lgan amaliy va darslik bо‘yicha topshirig‘ini о‘quvchilar
uyda mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir.
О‘quvchilarning aksariyati darsliklardan tо‘g‘ri foydalanishni
bilmaydilar, ba’zi о‘quvchilar topshiriq va mavzularni darslikdan yodlab
oladilar, ayrimlar mavzularni yuzaki о‘rganadilar. Uyga berilgan
topshiriqlar о‘quvchi
fikrlashini faollashtirgan, unda mustaqil ishlashga
qiziqish uyg‘otgan taqdirdagina kо‘zlagan maqsadga erishiladi. Buning
uchun har qanday topshiriq savollar shaklida ifodalangan bо‘lishi kerak,
о‘quvchilar sinfda gapirib berish uchun
darslik tekstini qatorasiga
yodlab olmasdan, undan kerakli materialni tanlab olib,
ularga javob
tayyorlaydilar. Bunga erishish uchun darslikdagi ushbu mavzuni
yodlang yoki о‘rganing degan iboralardan voz kechish kerakdir.
О‘quvchilarning darslik bilan ishlashlaridan asosiy maqsad
о‘qiganlarini
tushunishdir, mantiqiy о‘qishni bilishdir, urg‘uni tо‘g‘ri
ishlatish, qonun va qoidalarni aniq ajrata olishdir.
Mavzular oxirida berilgan savollar о‘quvchilar ishini ancha
faollashtiradi. О‘qituvchi о‘zi
ham savollar tuzib, о‘quvchilarga javob
topishni taklif etadi. Berilgan savollar orasida ayniqsa taqqoslashni talab
etadigan savollar alohida ahamiyatga kasb etib о‘quvchilarning shaxsiy
kuzatishlariga ham asoslanadi. Taqqoslash sinfdan-sinfga о‘tgan sari
murakkablashib boradi.
О‘quvchini tanishtirish va taqqoslashga, о‘xshash va farqlanuvchi
belgilarni aniqlashga majbur etish maqsadiga ega bо‘lgan
uy vazifalari
matnni tushunib о‘qishlarini rivojlantiradi. Bunday topshiriqlarga mos
ravishda о‘quvchilarga kichik jadval tо‘ldirish taklif etiladi. Misol uchun
6-sinfda quyidagicha jadvallar berilishi mumkin.
11-jadval