91
13-§. BIOLOGIYANING О‘QITISH VOSITALARI
О‘qitish vositalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
Bevosita idrok qilish mumkin bо‘lgan
narsalar asosida olib
boriladigan ta’lim kо‘rgazmali ta’lim deb ataladi. Ta’lim berish
vositalarning roli benihoyat katta. Atoqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy
bolani esida biror narsaning mahkam о‘rnashib
qolishini xohlovchi
pedagog bolaning sezgi a’zolarini mumkin qadar kо‘prog‘ini kо‘zi,
qulog‘i, tovush organi, muskul sezgi va hatto iloji bо‘lsa hidlash va ta’m
bilishi organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishiga harakat
qilishi kerak degan edi.
Kо‘rgazma vositalari ta’limini ongli bо‘lishida
nihoyatda katta
ahamiyatga ega. Biologiya hayot tо‘g‘risidagi fan. Binobarin biologiya
о‘qitish jarayonida tabiiy kо‘rgazmali vositalar-о‘simliklar,
hayvonlar,
zamburug‘lar, prokariot organizmlardan keng foydalanish tabiiy bir hol.
Kо‘rsatmali ta’lim faqat tabiiy kо‘rgazma vositalarigina emas, shu bilan
tasviriy kо‘rgazmali vositalariga ham asoslanadi. Kо‘rsatmali vosita
bо‘lgan taqdirdagina о‘quvchi tabiatdagi narsa va hodisalarni о‘zaro
taqqoslashi, ularning о‘zaro о‘xshashliklari, tafovutlarini
aniqlay olishi
mumkin. Kо‘rgazmali vositalar yordamida о‘quvchi о‘rganilgan о‘quv
materialini
analiz,
sintez,
abstraksiyalash,
umumlashtirish
konkretlashtirish, sistemalashtirish,
xulosa chiqarish kabi aqliy
operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.