68
rivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari ijodiy
faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy
faoliyat tajribalarini
egallashda о‘quvchilar aqliy faoliyat usullari bо‘lgan о‘rganilayotgan
obektni tahlil qilish, taqqoslash,
tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash,
sabab-oqibat bog‘lanishlarini tasavvur qilish,
umumlashtirish va xulosa
yasashni egallagan bо‘lishlari lozim. Shundagina о‘quvchilar ijodiy
faoliyatning asosini tashkil etadigan xususiyatlar:
Tanish obyektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi;
Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish;
Bilim va kо‘nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash
orqali muammoni hal etish;
О‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarni amaliyotda ijodiy qо‘llashga
о‘rganishi mumkin.
О‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini
rivojlantirishning muhim sharti, о‘quvchilarning о‘z
fikrlarini dalillash
va asoslash sanaladi. Shu sababli, о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy
fikr yuritish kо‘nikmalari asosan, о‘quv munozaralari
va bahslar orqali
rivojlantiriladi.