• Mashg`ulotning texnologik xaritasi va o`tkazilish ishlanmasi
  • Mashgu`lot bosqichlari
  • O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi Samarqand shahar




    Download 0,6 Mb.
    bet1/2
    Sana01.04.2017
    Hajmi0,6 Mb.
    #2851
      1   2



    O`zbekiston Respublikasi

    Xalq Ta`limi Vazirligi

    Samarqand shahar

    64-umumiy o`rta ta`lim maktabi

    mehnat ta’limi fani o’qituvchisi

    Dusiyorova Vaziraning

    mavzusidagi 1 soatlik







    Mashg`ulotning texnologik xaritasi va o`tkazilish ishlanmasi

    Mavzu:

    Bo’zni ko’rcho’pga taranglab tortish .Zamindo’zi va guldo’zi usulida tikishni o’rganish.

    Maqsad va vazifalar

    Maqsad: o`quvchilarga zar tikish usullari haqida tushuncha berish. Ularni amalda qo`llash, ko`nikma va malakalarini shakllantirish.

    Vazifalari :

    - o`quvchilarni zar tikish usullari bilan tanishtirish;

    - zardo’zlikda ishlatiladigan gazlamalar turlari,karton va zar iplar bilan amaliy ishlashni o’rgatish

    - zar tikishda XTQ va SGT ga rioya qilishni o’rgatish

    - zar tikishni o’rgatish.



    O`quv jarayonining mazmuni

    O`quvchilarga yangi mavzu yuzasidan tushunchalar berilib, zardo’zlik san’atining tikish usullari, zardo’zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan amaliy tanishtirish

    O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiya-

    lari


    Usullar:og`zaki bayon qilish, suhbat o`tkazish, klaster, bahs – munozara

    Shakl: nazariy va amaliy mashg`ulot, kichik guruh yoki individual tartibda ishlash

    Vosita: kitob, kompyuter, slaydlar, tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar

    Nazorat: og`zaki nazorat, savol-javob va test

    Baholash , rag`batlantirish yoki jarima berish


    Kutilayotgan natija

    O`qituvchi: zar tikishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqidagi ma`lumotlarni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchilarning mashg`ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, mavzuga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlar jarayonida barcha o`quvchilarni baholashga erishiladi.

    O`quvchi: zar tikishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqidagi ma`lumotlarni egallaydi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadi. Mustaqil holatda ishlash ko`nikmasi rivojlanadi.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    O`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi va baholanadi.



    Uyga vazifa

    O`qituvchi: zar tikishda ishlatiladigan asbob-uskunalar mavzusi bo`yicha qo`shimcha yangi ma`lumotlar topish. Mavzuga oid test , tarqatma materiallar, krossvord va ko`rgazmali qurollarni tayyorlash. Kelgusi dars jarayonida tadbiq etish

    O`quvchi: zar tikish usullari mavzusi bo`yicha olgan bilim, ko`nikma va malakalarini amaliy mashgu`lot jarayonida qo`llash



    Kelgusi rejalar

    O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish , takomillashtirish, o`z ustida ishlash, pedagogik mahoratni oshirish.

    O`quvchi: texnologik xarita bilan mustaqil ishlashni o`rganadi. Mavzuga oid qo`shimcha ma`lumotlar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O`zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.



    Mashgu`lot bosqichlari

    Bosqich-lar

    Mazmuni

    Metodlar

    Ajratil-gan vaqt

    1-bosqich



    Tashkiliy qism salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, mashg`ulotning borishi haqida tushuncha berish

    Suhbat o`tkazish



    3


    2-bosqich

    O`tilgan mavzuni mustahkamlash o`quvchilar o`rtasida ,,Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari’’ mavzusi bo`yicha bahs-munozara tashkil qiladi. Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida o`quvchilarga tarqatiladi. O`quvchilarga berilgan topshiriqlarni tekshiradi va baholaydi

    Bahs-munozara, savol-javob, tarqatma materiallar


    10


    3-bosqich



    Yangi mavzu bayoni:

    mavzuning maqsadi, asosiy ma`no-mazmuni, qo`llaniladigan ish usullarini o`quchilarga tushuntirib berish



    Suhbat, ko`rsatmalilik klaster

    20

    4-bosqich


    Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash: mavzu bo`yicha sinov testi, bahs – munozara va “Baliq skleti” usulini o`tkazish va o`quvchilar bilimini mustahkamlash

    Test, bahs – munozara, “Baliq skleti” usuli

    10


    5-bosqich



    Amaliy mashg`ulot: o`quvchilarning mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash, zardo’zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan amaliy tanishish, zar tikishni o’rgatish.

    Suhbat, ko`rsatmaliliksavol-javob



    45

    6-bosqich


    Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: “zardo’zlikda tikish usullari ” mavzusi yuzasidan qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib, mavzuni mustahkamlab, tayyorlanib kelish va mavzuga oid ma`lumotlarni to`plash.

    O’quvchilarni baholash.


    Og`zaki muloqot


    2


    O’tilgan mavzuni so’rash: “Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari” bo’lib,o’quvchilar ikki guruhga ajratilib, ularga tarqatma materiallar asosida savol-javob o’tkaziladi.

    Savollar.

    1.Zardo’zlik naqshlari necha guruhga bo’linadi?

    2.Islimiy naqshlarga misollar keltiring, ular qanday elementlardan tashkil topgan?

    3. Zardo’zlikda “bodom” naqshining ramziy ma’nosi nima ?

    4.Naqshlarni qirqishda qanday qaychi ishlatiladi?

    5.Buyumlarga naqsh tayyorlashda nimalarga e’tibor berish lozim?









    Yangi mavzu bayoni:








    Zardo’zlikda eng asosiy ish bu- bo’zni ko’rcho’pga taranglab tortish hisoblanadi,agar bo’z tortilsa buyum chiroyli va tekis chiqadi ,ish bajatish oson bo’ladi.

    Amaliy mashg’ulot :

    Kerakli anjomlar: ko’rcho’p, bo’z, tikuv mashinasi, o’rtacha qalinlikdagi ip, qalin metal sim.

    Ishni bajarish tartibi:

    Bo’zning to’rt tomoni tikuv mashinasi bilan 2 sm qalinlikda tikib chiqiladi.

    Bo’zning tikilgan joylariga simlar solinadi va har 10 sm dan teshikchalar qilinadi.

    Bo’zning teshikchalaridan ipni aylantirib ,qattiq tortib o’rab chiqiladi, har bir tomon oxiriga kelgach taranglik tekshiriladi.

    Ip oxiriga aylanib kelgach ko’rchopning oyoq qismiga mahkam bog’lab qo’yiladi.

    Kichik o’lchamdagi buyumlar tikishda chambarakdan foydalansa ham bo’ladi, chambarak tayyor bo'lgach, ya'ni unga bo'zdan qilingan kerish tortiladi. Kerishga gazlama, naqshni joylashtiriladi va tikiladi.Qirqilgan naqshlar buyum gazlamasiga qadab chiqiladi. Gazlama ustidan qo’yilgan gul bichiqlari surilib ketmasligi uchun ular yirik qaviqlar bilan chatib qo'yiladi. Odatda ta'vor ish batamom nihoyasiga yetgandan keyin olib tashlanadi. Usta zardo'z ikkita angishvona yordamida tikib ishidan hammamizga ayonki, zardo'zlik ikki qo'l bilan tikilib, ignasi kalta va nozik bo'lishi lozim. Zar ipni to'rt qavat qilib patilaga ya'ni zar ip o'raydigan cho'pga o'raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi.

    Zardo 'zlikda zar tikish usullari:

    Z
    Korcho’pda buyum tikish.
    ardo'zlikda o'ttiz xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o'ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir-biridan farq qiladi.

    l. Zamindo’zi –naqshlatning tagini yoppasiga zar bilan tikish.

    2.Guldo'zi – bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib, faqat gul naqshlarining o'zi zar bilan tikiladi, biroz bo'rtma naqsh gul hosil bo'ladi.

    Guldo'zi usulida karton gullar yuzasi to'rt qavat qilib o'ralgan zar ip bir tekisda, hamda zar ip matodan o'tmaganligi sababli karton tomoni oddiy iplar bilan tikib chiqiladi.

    3. Birishimdo'zi - goh ipak ipda, goh zar ipda aralash tikiladi.

    Ipak, pilla tolasi - ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat.

    4.Pilakchado'zi - pilakcha deb ataladigan piston qadab zardo'zlik tikish.

    Zamindo'zi usulida tikishning ikki asosiy usuli ma'lum:

    a) to'g'ridan -to'g'ri matoga tikish

    b) Siddiy deb ataluvchi to'shmaga tikish. Siddiy jaydari ipakdan tayyorlanadi. Birinchi navbatda ip 4 yoki 5 qavat qilib, keyin ikki qavat qilib eshiladi. Shu hosil bo'lgan ingichka shnurni zardo'zlikda siddiy deb yuritiladi. Tikilish joyining yuzasi, katta-kichikligiga qarab, o'lchamga moslab siddilar sariq bo'z ustiga 8,20,24 qator qilib tortiladi.

    Zardo’zi -birishimdo’zi usuli. Bunda naqshlarning ichki qismi avval zar iplarda ustidan esa ipak iplarda tikilgan. Zamindo'zi ayollar pesh-matlarida, to'nlarda, har xil zardo'z buyumlarda va zardo'zi do'ppilarining jiyaglarida ishlatiladi.Qalin matodan zar ipning o'tishi qiyin, o'tgan taqdirda ham uzoqqa chidamagan, titilib ketgan. Shuning uchun zar ip pilta, ya'ni tushama yo'llariga ko'ndalang tarzda qator qilib yotqizib chiqilgan, ustidan ipak yoki paxta ip yordamida ilib-ilib tikiladi. Ular baxyalar orasiga joylashganidan chatilgan ilgaklarning turlicha joylashuvi o'ziga xos kashtani yuzaga keltiradi. Ipak va paxta ip zar ipni qisib turganidan qator chuqurchalar hosil qilib, ip o'tmagan joylar xiyol do'ppayib qolavergan, bu keng sath uzra to'lqinsimon chiziqlar hosil qilgani uchun tikuvchilar tilida mavj degan nom olgan.

    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
    Chatib tikish zardo'zlarning ijodiy xayolati va kashfiyotchiligi uchun keng imkoniyatlar tug'dirgan. Mavjning bir necha turi yuzaga kelganining boisi ham chatishini necha turda amalga oshirilganligidandir.

    Hosil bo'lgan naqshlar to'rtburchak, romb, siniq chiziqlar va ko'pgina ko'rinishda bo’lgan. Shu tariqa hosil bo'lgan chokli kashtalar uchun Buxoro zardo'zlarining o'ziga xos va puxta ishlab chiqilgan iboralari bor bo'lib, ular avloddan-avlodga hech bir o'zgarishsiz o'tib kelyapti.

    Guldo 'zi-zamindo 'zi aralash usuli.

    Z

    ardo'zlikda zar ip, likkak, tagalak, piakcha tikish usuli va naqshni tofta bilan bezash.



    Amaliy mashg’ulot:

    Kerakli anjomlar:bo’z tortilgan ko’rcho’p, gazlama, zar iplar, qirqilgan naqsh va zar tikish asboblari

    O’quvchilar ko’rcho’pning ustiga gazlama va qirqilgan kichik naqshlarni tikib chiqadilar va guldo’zi va zamindo’zi usulida tikishni o’rganadilar.

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    l. Zardo'zlikda qanday gazlamalar ishlatiladi?

    2. Zar tikishning necha xil turlari bor?

    3. Zamindo'zi va guldo'zi usullarining farqi nimada?

    Uyga vazifa: Mavzuni o’qib ,choynak yopgich uchun naqshlarni chizib va qirqib tayyorlab kelish.



    Kelgusi mavzu uchun kerakli narsalarni aytish.

    Ish o’rnini yig’ishtirish, o’quvchilarni baholash.

    Download 0,6 Mb.
      1   2




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi Samarqand shahar

    Download 0,6 Mb.