104
3-LABORATORIYA ISHI
REZISTOR QARSHILIGINI OMMETR BILAN O‘LCHASH
Ishdan maqsad:
Ommetr qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishish.
O‘lchash ishlarini bajarishga ko‘nikmalar hosil qilish.
Vazifa:
Xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan xolda tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni
o‘lchash.
Asbob va uskunalar:
ommetr, turli qiymatlardagi doimiy va o‘zgaruvchan qarshilik
rezistorlari.
Nazariy qism
Rezistorlar radioelektronikaqurilmalarida eng keng tarqalgan elementlardan biri sanaladi va
elektr zanjirida tokni boshqarib turishda qo‘llaniladi. Rezistorning qarshiligi –uning asosiy
parametrlaridan biri hisoblanadi. Elektrik qarshilikning asosiy o‘lchov birligi bo‘lib om (Om)
xizmat qiladi. SHuningdek amaliyotda uning hosilaviy o‘lchov birliklari -Kiloom (KOm), Megaom
(MOm), Gigaom (GOm) lardan ham foydalaniladi va ular asosiy birliklar bilan quyidagi
munosabatlarda bog‘liqlikda bo‘ladi:
1 kOm = 1000 Om,
1 MOm = 1000 kOm,
1 GOm = 1000 MOm.
4.1-rasm. Rezistorning umumiy ko‘rinishi.
Rezistorlarni o‘zgarmas qarshilikka ega bo‘lgan
doimiy
, hamda qarshiliklarini ish
jarayonida ma’lum bir oraliqlarda o‘zgartirish mumkin bo‘lgan
o‘zgaruvchan rezistorlarga
bo‘lish mumkin.
Rezistorlar qarshiliklarni aniq bir qiymatlari bilan, Om birlikdan to o‘nlab Mom larda bo‘lgan
keng assortimentda ishlab chiqariladi va radioelektronika sohasida keng miqyosda qo‘llaniladi.