171
11 -LABOPATORIYA ISHI
SPEKTROFOTOMETRLARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad:
Spektrofotometrlarni ishlash prinsiplari va tuzilishlarini o‘rganish.
Qiyoslash uslubi bilan tanishish.
Vazifa:
Asbobni qiyoslashni o‘tkazish, natijalarini jadvalga yozish.
Asbob va uskunalar:
KFK-2M spektrofotometri,
turli moddalarning har xil
konsentratsiyadagi eritmalari.
Nazariy qism
Spektrofotometr
— optik nurlanishning ikki oqimini o‘lchash uchun mo‘ljallangan
o‘lchash asbobi bo‘lib, ulardan bittasi tadqiqot ob’ektiga tushuvchi yorug‘lik oqimini, boshqasi
esa - namuna bilan u yoki bu yorug‘lik oqimini o‘zaro ta’sirlashishi
asosida eritmaning optik
zichligi yoki nur o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashga asoslangan. Spektrofotometrlar optik
nurlanishning turlicha to‘lqin uzunliklarini o‘lchashga imkon beradi (ultrabinafsha
nurlar
diapazonidan to infraqizil nurlar diapazonigacha) va natijada oqimlar nisbatlarini spektri
olinadi.
5.1-rasm. Sektrofotometrni umumiy ko‘rinishi.
Spektrofotometr fotokolorimetriyada va spektral taxlillarda qo‘llaniladigan asosiy o‘lchash
asbobi hisoblanadi. Spektrofotometrlar turli diapazondagi–ultrabinafshadan to infraqizilgacha
to‘lqin uzunliklarida ishlaydi. Bunga bog‘liqliklariga ko‘ra asboblar turli xil mo‘ljallanishlarga
ega.
Quyidgi 5.2 va 5.3 -rasmlarda berilgan ob’ektning spektral tavsifi ma’lum bo‘lgan
ishchi
standartga nisbatan spektral aperturali akslanish koeffitsentini o‘lchovchi, spektrofotometrlarni
ikkita asosiy sxemalari keltirilgan:
172
5.2-rasm.O‘lchanadigan namuna oq yog‘du bilan
yoritilgandagi o‘lchash sxemasi.
O‘lchanadigan namuna monoxromatik yog‘du bilan yoritilgandagi o‘lchash
sxemalarida
monoxromator yuboriluvchi oqimda joylashtiriladi. Zamonaviy spektrofotometrlarda tavsiflari va
o‘lchash aniqliklarini yaxshilash uchun ikkitalik monoxromatorlardan ham foydalaniladi.
5.3-rasm. O‘lchanadigan namuna monoxromatik yog‘du
bilan yoritilgandagi o‘lchash sxemasi.
Konstruktiv sxemalari bo‘yicha spektrofotometrlarni ikki xil ko‘rinishdagi
tuzilish
sxemalari mavjud: ponasimon plastinkali ko‘rinishdagi va geterodin sxemali ko‘rinishdagi
nurlanish yorug‘ligini qabul qiluvchi spektrofotometrlar.