-Ma’ruza  Mavzu: Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari




Download 12,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/167
Sana25.05.2024
Hajmi12,7 Mb.
#253984
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   167
Bog'liq
O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

12-Ma’ruza 
Mavzu: Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari 
 
Virtual himoyalangan tarmoqlar
VPN tunneli ochiq tarmoq orqali o‘tkazilgan ulanish bo‘lib, u orqali virtual tarmoqning 
kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi. Axborotni
VPN tunneli bo‘yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi vazifalarni bajarishga asoslangan: 
- o‘zaro aloqadagi taraflarni autentifikatsiyalash; 
- uzatiluvchi ma’lumotlarni kriptografik berkitish (shifrlash); 
- yetkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish. 
VPN qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi 
shlyuzi vazifasini o‘tashi mumkin. 


79 
VPN-mijoz
odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksi 
bo‘lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi 
shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi.
VPN-server
 
server vazifasini o‘tovchi, kompyuterga o‘rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-apparat 
kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni 
himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal 
tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi.
3.1-rasm. Virtual himoyalangan tunnel sxemasi.
Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar VPNni turkumlashni turli variantlari mavjud. 
Ko‘pincha turkumlashning quyidagi uchta alomati ishlatiladi: 

OSI modelining ish sathi;

VPN texnik yechimining arxitekturasi;

VPNni texnik amalga oshirish usuli.
 
OSI modelining ish sathi bo‘yicha VPNning turkumlanishi.
Ushbu turkumlash anchagina qiziqish tug’diradi, chunki amalga oshiriluvchi VPNning funksionalligi 
va uning korporativ axborot tizimlari ilovalari hamda himoyaning boshqa vositalari bilan birgalikda 
ishlatilishi ko‘p hollarda tanlangan OSI sathiga bog’liq bo‘ladi. 

Download 12,7 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   167




Download 12,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza  Mavzu: Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari

Download 12,7 Mb.
Pdf ko'rish