Undan tashqari quyidagi grafik oyna interfeysidan foydalanish mumkin: -Copy Figure – grafikni buferga nusxalash;
-Copy Options- grafik parametrlarni nusxalash;
-Figure Properties- grafik xossalari oynasini chiqarish;
-Axes Properties- grafik o’qlari xossalari oynasini chiqarish;
-Current Object Properties – joriy ob’ekt xossalari oynasini chiqarish.
Foydalanish uchun zarur bo’lgan Tools mexanizmlar menyusi quyidagilardan iborat:
-
Edit Plot-grafikni tahrirlash; -Zoom In-grafik masshtabni kattalashtirish; -Zoom Out-grafik masshtabini kichiklashtirish; Rotate 3D-fazoda (uch o’lchovli) grafikni burish(aylantirish);
Basic -Fitting-appraksimatsiya qilish;
-Data-grafik nuqtalari uchun statistik ma’lumotlarni olish;
249
-Rectangle(to’g’ri to’rtburchak)
-to’g’ri to’rtburchaklarni yaratuvchi ob’ekt;
-Surface(sirt)-sirtni yaratuvchi ob’ekt;
-Text(matn)-tekstli yozuvlarni yaratuvchi ob’ekt;
-Light(yorug’lik)-yorug’lik effektini yaratuvchi ob’ekt.
Obektlar o’zaro bog’langandir va qandaydir grafik effektini hosil qilish uchun
bir-biriga murojat qilishi mumkin.
Koordinata o’qlarini yaratish va boshqarish uchun quyidagi komandalar ishlatiladi: -axes-koordinata o’qlarini yaratuvchi komanda;
-box(quti)-rasmni atrofida to’rtburchak qurish
komandasi; -cla-axes qurishlarni olib tashlash;
-hold-koordinata o’qlarini saqlab turish;
-ishold-hold statusini tekshirish(1 ga teng agar hold ishlayotgan bo’lsa, aks holda
0 ga teng).
Diskriptor grafikasi ob’ektini qo’llashga misol:(0,1), (2,4) va (5,-1) nuqtalardan
o’tuvchi chiziq grafigi qurish talab qilinsin. Buning uchun line ob’ektidan
foydalanamiz. Bu ob’ekt xuddi shu nomdagi quyidagi grafik komandasi bilan
quriladi:
line([0 2 5],[1 4 -1],'color','blue') 11.2.1 - rasm.
250
Line komandasining xususiyatlari shundan iboratki, unda grafik qurishning
barcha shartlari ochiq holda ko’rsatilgan bo’ladi. Bular yuqoridagi misolda konkret
nuqtalar koordinatalari, rang parametrlari, color va rangning o’zi “blue”.