9
- bozor munosabatlari endi rivojlana boshlagan davlatlar;
- bozor munosbatlari kam rivojlangshan davlatlar.
IV. Iqtisodiy modeli rivojlanishi bo’yicha:
- yangi industrial davlatlar;
- yangi eksporti kuchayayotgan davlatlar;
- neftni eksport qiluvchi davlatlar;
- xalqaro moliya markazlari;
- boshqa modellar.
V. Iqtisodiy rivojlanish dinamikasi (sur`atlari) bo’yicha:
- tez rivojlanuvchi;
- past rivojlanuvchi;
- turgun yoki orkaga ketayotgan davlatlar.
VI. Moddiy ishlab chiqarishning ikki asosiy tarmog’i o’rtasidagi nisbat bo’yicha:
- industrial davlatlar;
- industrial-agrar davlatlar;
- agrar-industrial davlatlar;
- agrar davlatlar.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruxlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash
har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm
dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib, xo’jalik
tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruxini ajratib ko’rsatish
mumkin: rivojlangan. Bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodi mavjud bo’lmagan
mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta gurux farqlanadi: kam,
o’rtacha va yuqori rivojlangang mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo
va Lotin Amerikasidagi
yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar
(Saudiya Arabistoni, Kuvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVI), shu
jumladan, eng kambag’al mamlakatlar (CHad, Bangladyosh, efiopiya),
har xil mintaqaviy
ittifoqlar va baynalmilal guruxlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har xil
jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi
xo’jalik aloqalarning
chuqurlashib borayotganligi
baynalmilallashuvining kuchayishi hamda fan-texnika revolyutsiyasining keng qamrovli
xususiyati, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy
iqtisodiyot o’z-o’zini ta`minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas.
Jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi shunday davrlarga to’g’ri keladiki, budarda ishlab
chiqarish omillarining
harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o’sib chiqadi, ishchi kuchi
migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanishi jarayoni tezlashadi. Bu
shundan
guvoxlik beradiki, xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvini ko’p jihatdan ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya`ni u milliy chegaradan o’sib
chiqadi va ob`ektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalmilallashuvini zarur qilib qo’yadi.