|
ma`lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydiBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarma`lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning
bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo’naltirilgan xalqaro
ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.
Jahon xo`jaligida mehnat taqsimotiga ta`sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:
- jahon xo`jaligi tarkibidagi davlatlarning tabiiy-iqlim sharoiti, er usti va er osti
boyliklari bilan ta`minlanganlik darajasi,er fondi;
- mamlakatda mavjud ish kuchining iqtisodiy holati.Ishsizlik darajasi va ish kuchi
migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning an`anaviyligi (masalan,qishloq xo`jaligi,sanoat holati);
- davlatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi;
- iqtisodiy qoloq mamlakatlarning boy etakchi davlatlar tomonidan moliyaviy
ekspluatatsiyasi;
- xalqaro transport tizimining rivojlanish darajasi, aloqaning taraqqiyoti;
- davlatlar o’rtasida kontsessiya shartnomalari tuzilishi va ularning holati va
hokazolar.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi
tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan keyin, ya`ni ishlab
chiqaruvchi kuchlar baynalmilal xususiyat kasb etib, milliy xo’jaliklar doirasidan tashqariga
o’sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib
topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichiga oluvchi
umum jahon xo`jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil
sharoitda emas. Bu hol ularning jug’rofiy axvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori.
rivojlanish ko’lami, darajasi va iqtisodiyotini tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi
xarajatlar darajasi ham turlicha bo’ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o’zi nisbatan qulayroq,
kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarg sotishga va aksincha,
jahon bozoridan o’zidan ishlab chiqarish uchun harajat ko’proq bo’ladigan yoki tabiiy yoxud
boshqa sharoitlarga ko’ra umuman ishlab chiqarib bo’lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalmilal
qiymatga asoslanadi. Buning ma`nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalmilal mehnat sarflari jahon
bozorida e`tirof qilinadi.
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holida amalga oshmaydi.
Baynalmilal qiymatning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga
ta`sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar qiymatining o’zgarib turishi,
xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliqlar va hokazolar shular jumlasidandir.
Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar.
Pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi faqrlarini aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o’n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o’tish
jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining
baynalmilallashuvi o’zining harikkala shaklida integratsion: (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi,
o’zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali)
shakllarida kuchayadi. Jumladan, rivojlangan Evropa integratsion hamjamiyati (EI) doirasida
tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika
umumiy iqtisodiy hamkorlik AQSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko’zda
to’tadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O’rta Osiyo, arab
dunyosi, Afrika va markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususyaitli bulokda.
|
| |