25
Tayanch iboralar
algoritm, algoritmning xususiyatlari,
aniqliligi, natijaviyligi,
ommaviyligi,
diskretlilik,
masalaning qo‗yilishi, masalani matematik ifodalash, sonli usulni tanlash,
algoritmlashtirish, sozlash, dasturlash, test.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Algoritm deganda siz nimani tushunasiz? Algoritmga misolar keltiring.
2. Algoritm qanday xususiyatlarga ega?
3. Masalaning algoritmini ishlab chiqish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
4. Masalalarni kompyuterda yechish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
5. Masalaning qo‗yilishi deganda nimani tushunasiz?
6. Sonli usulni tanlash qanday amalga oshiriladi?
7. Hisoblash jarayonlarini algoritmlashtirishni tushuntirib bering.
8. Ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash (tanlash)
deganda siz nimani
tushunasiz?
9. Dasturlash deganda nimani tushunasiz?
10. Dasturni sozlash bosqichida qanday ishlar amalga oshiriladi?