77
ishlanmalarga qilingan xarajatlar O‗zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotga
nisbatan
0,2 %ni tashkil etmoqda.
Innovatsiyalar to‗g‗risida turli xil fikrlar mavjudligi bois bu to‗g‗risida juda
ko‗p gapirish mumkin. Shu asnoda bir savol tug‗ilishi tabiiy: innovatsiya
tushunchasini nimani anglatadi, innovatsiyalar qachondan boshlab hayotimizga kirib
kelgan? Bu savolga javob topish ko‗pchilikni qiziqtirsa kerak albatta. Keling tarixga
bir nazar solaylik.
Innovatsiya insoniyat yaratilgandan beri mavjud desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Bizning ajdodlarimiz ham jamiyat hayotini o‗zgartirgan yoki oldinga siljitgan, o‗zlari
yashagan davrga xos yoki bazaviy innovatsiyalar bilan shug‗ullangan. Masalan,
eramizdan avvalgi 1200-yillarda temir quyish texnologiyasini yaratilishi insoniyat
tarixida juda katta o‗zgarishlarga sabab bo‗lgan. Bu jarayon esa fanning shakllanishi
va u bilan shug‗ullanadigan olimlar qatlamining alohida ajralib chiqishidan ancha
avval yuzaga kela boshlagan.