|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N
|
bet | 85/275 | Sana | 19.09.2020 | Hajmi | 7,16 Mb. | | #11452 |
Dispersiyalarni qo‘shish qoidasi va undan bozor hodisalarni tahlil qilishda foydalanish yo‘llari
Umumiy dispersiya ( ) o‘rtacha juz’iy dispersiya ( ) ustiga juz’iy o‘rtachalar dispersiyasini ( ) qo‘shish natijasidir. Bu dispersiyalarni qo‘shish qoidasi deb ataladi. Unga binoan, umumiy dispersiya ikkita tarkibiy dispersiyalardan iborat bo‘lib, biri to‘plam qismlari ichidagi o‘zgaruvchanlikni o‘lchaydi, ikkinchisi esa - ularning juz’iy o‘rtachalar orqali ifodalangan qismlararo farqlarini (variatsiyani) ta’riflaydi. Masalan, agarda to‘plam birliklari biror muhim belgi asosida guruhlangan bo‘lsa, u holda taqsimot qatori 3 turdagi dispersiyalar, ya’ni umumiy dispersiya, guruhlararo dispersiya va ichki guruhiy dispersiya bilan ta’riflanadi. Umumiy dispersiya hamma omillar ta’siri ostida o‘rganilayotgan belgi qanday variatsiyaga ega ekanligini, guruhlararo dispersiya esa uning qaysi qismi guruhlash belgisining ta’siri natijasida shakllanganini o‘lchaydi. Umumiy o‘zgaruvchanlikning qolgan qismi boshqa barcha omillar hissasi bo‘lib, uni ichki guruhiy dispersiyalar aniqlaydi. Natijada umumiy dispersiya guruhlararo dispersiya bilan o‘rtacha ichki dispersiyadan tarkib topadi, ya’ni .
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N
|