• Balans ( 06 + 10 + 11 )
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




    Download 7,16 Mb.
    bet270/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7,16 Mb.
    #11452
    1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   275

    13.3. Mehnat resurslari balansi
    Bozor iqtisodiyotining xususiyatlarini hisobga olgan holda va mehnat borasidagi xalqaro standartlarga ko‘ra mehnat resurslari balansini quyidagi shaklda tuzish ma’quldir (13.5-jadval).

    13.5-jadval.



    1999 yil O‘zbekiston mehnat resurslari balansi

    (ming kishi)




    Ko‘rsatkichlar

    jami

    shu jumladan







    shahar

    qishloq

    01.Mehnat resurslari - jami

    shu jumladan

    02.Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi

    03.Iqtisodiyotda band bo‘lgan qariyalar va o‘smirlar

    ulardan:

    04.Qariyalar

    05.O‘smirlar

    Mehnat resurslarining taqsimlanishi:

    06.Iqtisodiy faol aholi - jami (07+09)

    shu jumladan

    07.Iqtisodiyot tarmoqlarida bandlar - hammasi



    ulardan:

    A. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, ovchilik

    V. Baliqchilik

    S. Tog‘ - qazilma sanoati va karerlar izlash

    D. Qayta ishlov beruvchi sanoat

    E. Elektroenergiya, gaz va suv ta’minoti

    F. Qurilish

    G. Ulgurji va chakana savdo: mashina va mototsikllar, maishiy tovarlar, shaxsiy gigiena tovarlarini ta’mirlash

    H. Mehmonxonalar va restoranlar

    I. Transport, ombor xo‘jaligi va aloqa

    J. Moliyaviy vositachilik

    K. Qo‘zg‘almas mulk bilan operatsiyalar, ijara va tijorat faoliyati

    L. Davlatni boshqarish va mudofaa, majburiy sotsial sug‘urta

    M. Maorif

    N. Sog‘liqni saqlash va sotsial xizmatlar

    O. Boshqa kommunal, sotsial va shaxsiy xizmatlar

    P. Xususiy uy ho‘jaliklarining yollanma ishchilari

    Q. Ekshududiy tashkilotlar va idoralar

    08. Bandlar umumiy sonidan (06 qatordan) qisqartirilgan ish kuni (haftasiga) qisman ish haqi bilan yoki umuman uni saqlamasdan holda o‘tkazilgan xodimlar

    09. Ishsizlar x)

    10. Mehnatga layoqatli yoshdagi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘quvchilar (talabalar, maktab o‘quvchilari; tinglovchilar va h.k.)


    1. Mehnatga layoqatli yoshdagi uy yumushlari va yosh bolalar tarbiyasi bilan bandlar

    Balans ( 06 + 10 + 11 )

    Balansdan tashqari:

    12.Yoshi bo‘yicha va qarovchisini yo‘qotganligi uchun nafaqaxo‘rlar

    13.Mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan maktab va boshqa o‘quv yurtlarining o‘quvchilari

    14.Maktabgacha yoshdagi bolalar va nafaqa olmaydigan qariyalar

    Jami iqtisodiy nofaol aholi (10+11+12+13+14)



    10663,3
    10462,6

    200,7
    127,3

    73,4

    9194,3


    8259,0
    3667,0
    1,2

    39,5


    1150,0

    52,0


    507,2

    350,0


    89,6
    344,0

    28,6


    0,5

    380,6


    890,2

    599,7


    158,1

    0,8


    -

    30,5


    935,3

    623,3


    845,7
    10663,3
    2798,7
    3793,2

    4199,1
    12260,0



    4563,3
    4476,4

    85,9
    42,4

    22,0

    4199,8


    3825,7
    -
    -

    -

    1029,0



    -

    456,5


    315,0

    89,6
    309,6

    25,8

    0,4


    380,6

    567,4


    508,7

    142,3


    0,8

    -

    13,3



    374,1

    275,9


    87,6
    4563,3
    1381,6
    967,2

    1514,8
    4227,1



    6100,0
    5986,2

    114,8
    84,9

    51,4

    4994,5


    4433,3
    3667,0
    1,2

    39,5


    121,0

    52,0


    50,7

    35,0


    -
    34,4

    2,8


    0,1

    -

    322,8



    91,0

    15,8


    -

    -

    17,2



    561,2

    347,4


    758,1
    61000
    1417,1
    2826,0

    2684,3
    8032,9



    x)shu jumladan mehnat xizmatlarida qayd qilingan ishsiz maqomini olganlar soni - 34,7 ming kishi.


    Mehnat resurslari - bu ishlash qobiliyati va malakasiga, bilim va mahoratga ega bo‘lgan aholi yoki mehnat ahllaridir.

    Mehnat resurslari - bu zarur uquv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash qobiliyati va malakasiga ega bo‘lgan jamiyat a’zolari, mehnat ahllaridir. Mehnat resurslari soni quyidagi tartibda aniqlanadi:

    1. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16-54 yoshgacha bo‘lgan ayollar va 16-60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, yuqori chegara mustasno holda)


    2. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi - ishchi yoshidagi aholidan mehnatga layoqatsiz qismini ayirmasidir.

      Ulardan:

    a) mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari;

    b) og‘ir sharoitda ishlagani uchun qarilik nafaqasini oluvchilar.



    1. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi (I-IIa-IIb)

    2. Iqtisodiyotda band bo‘lgan:

    a) o‘smirlar (14 va 15 yoshdagi bolalar)

    b) qariyalar (54 va undan katta yoshdagi ayollar, 60 va undan katta yoshdagi erkaklar).

    Jami mehnat resurslari (III+IVa+IVb yoki I-IIa-IIb+IVa+IVb).

    13.4-jadvaldagi misolda mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi 10462,6 ming kishi yoki jami mehnat resurslaridan 98,1 %, iqtisodiyotda band o‘smirlar 73,4 ming kishi yoki 0,7 % va qariyalar - 127,3 ming kishi yoki 1,2 % tashkil etadi. Demak, jami mehnat resurslari 10663,3 ming kishi (10462,6+73,4+127,3) yoki umumiy aholi soniga nisbatan 49,7 % tashkil etadi va bu ko‘rsatkich (KM.R.) aholining mehnatga qodirlik darajasini belgilaydi. Bu ko‘rsatkichlar mehnat resurslari balansining resurslar qismini ifodalaydi.

    Balansning foydalanish qismida mehnat resurslarining joylanishi va turli jihatdan taqsimlanishi aks etadi. Mehnat resurslarining asosiy qismini iqtisodiy faol aholi tashkil etadi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun o‘z mehnatini taklif etuvchi aholi qismi iqtisodiy faol aholi deb ataladi. Xalqaro statistik standartlarda iqtisodiy faollik qanday davrga nisbatan qaralishiga qarab, bu atama ikki ma’noda qo‘llanadi.

    Qisqa davr, masalan, hafta yoki kun uchun iqtisodiy faol aholi soni aniqlanayotganda, muayyan davrda iqtisodiy faol bo‘lgan aholi nazarda tutiladi va bu holda sinonim so‘z sifatida yana “ishlovchi kuchi” iborasi ham ko‘pincha ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich uzoq davr uchun hisoblanayotganda, iqtisodiy faol aholi atamasi yuqorida keltirilgan ta’rifda ifodalangan ma’noda qo‘llanadi. Iqtisodiy faol aholi sonini hamma aholi soni yoki mehnat resurslari soni bilan taqqoslasak, iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlari hosil bo‘ladi:


    KI.F.A. = TI.F.A. / S va KM.R.F. = TI.F.A. / TM.R.
    Bu yerda: TI.F.A. - iqtisodiy faol aholi soni;

    S - umumiy aholi soni;

    TM.R. - mehnat resurslari soni.

    Birinchi koeffitsiyent butun aholining iqtisodiy faollik darajasini, ikkinchisi esa mehnat ahli (resurslari)ning iqtisodiy faollik darajasini ta’riflaydi. 13.4-jadvalda iqtisodiy faol aholi soni 9194,3 ming kishi, doimiy aholining umumiy soni21454,3 ming kishidan iborat. Demak, barcha aholining iqtisodiy faollik darajasi 42,9 % ((9194,3 / 21454,3)100), mehnat ahlining iqtisodiy faollik darajasi esa 86,2 % ((9194,3 / 10663,3)100) tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholi iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida bandlar va ishsizlarni o‘z ichiga oladi.

    Iqtisodiyotda bandlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

    -pulli yoki natural shaklda haq to‘lash sharti bilan yollanma ishga qabul qilinib korxona xodimlari ro‘yxatiga kiritilgan yoki kiritilmagan ishchi va xizmatchilar;

    -yollanma xodimlarni jalb qilib yoki jalb qilmasdan mustaqil yoki sherigi bilan daromad keltiruvchi ishlarni bajarayotganlar, o‘z faoliyati uchun daromad olish muddati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar;

    -kasalligi yoki mayibligi sababli yillik ta’tilda bo‘lishi, ish haqi saqlanib yoki saqlanmasdan qo‘shimcha ta’til olishi, ma’muriyat tashabbusi bilan ta’tilda bo‘lishi, ish tashlash va h.k. sabablar bilan ishda vaqtincha bo‘lmaganlar;

    -oilaviy korxonada haqsiz ishlayotganlar va boshqa yakka tartibda ishlayotganlar;

    Balansning band va iqtisodiy faol aholi soni haqidagi ma’lumotlar asosida aholining bandlik koeffitsiyenti hisoblanadi:




    Bu yerda: TI.B. - iqtisodiyotda band aholi soni;

    SI.F.A. - iqtisodiy faol aholi soni.



    13.4-jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra

    Aholining iqtisodiyotda bandlik ko‘rsatkichini mehnat resurslari soniga nisbatan ham hisoblash mumkin:



    Bu ko‘rsatkich jami mehnat resurslaridan qaysi qismi haqiqatda iqtisodiyot sohalarida bandligini ta’riflaydi.



    Yuqoridagi misolimizda

    Bu koeffitsiyent mehnat resurslarining iqtisodiy faolligi bilan faol aholi bandligi ko‘rsatkichlarini bir-biriga ko‘paytmasiga teng:


    KM.R.B. = KM.R.F.  KA.B. = 0,898  0,862 = 0,774 yoki 77,4%
    KJ.A.B. = KM.R.F.  KA.B.  KT.R. = 0,898  0,862  0,497 = 0,385 yoki 38,5 %.
    Demak, umumiy aholi sonidan atigi 38,5 % iqtisodiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan ekan. Aholi bandlik darajasini xalqaro taqqoslashlarda bu ko‘rsatkich iqtisodiyotda bandlar sonini 10 va undan katta yoshdagi aholi soni bilan qiyoslab aniqlanadi.

    Iqtisodiy faol aholining ikkinchi qismini ishsizlar tashkil etadi.

    Xalqaro statistik standartlarga asosan, ishsizlar qatoriga joriy davr mobaynida 16 va undan katta yoshdagi:

    a) ish joyiga (yoki daromad keltiradigan faoliyat sohasiga) ega bo‘lmagan shaxslar;

    b) faol ish qidirayotgan shaxslar;

    v) ishni boshlash uchun shay bo‘lgan shaxslar kiradi.

    Ishsizlar tarkibiga mehnat xizmatlari (birjalari) tomonidan yo‘llanmalari bilan o‘qiyotgan shaxslar ham kiradi. O‘quvchi va talabalar, qariyalar va nafaqaxo‘rlar, faol ish qidirish bilan shug‘ullanib, uni boshlash uchun shay bo‘lsagina ishsizlar maqomiga ega bo‘ladi.Ishsizlar maqomini bir oydan ortiq muddatga korxona ma’muriyatining tashabbusi bilan ish haqi saqlanmasdan yoki qisman saqlanib majburiy ta’til berilgan shaxslarga ham berish to‘g‘riroq bo‘lar edi.

    Aholining ishsizlik darajasini tavsiflash uchun ishsizlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Xalqaro statistik standartlarga ko‘ra bu ko‘rsatkich ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soni bilan taqqoslashdan kelib chiqadi.



    Download 7,16 Mb.
    1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   275




    Download 7,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

    Download 7,16 Mb.