O‘rtacha mutlaq qo‘shimcha o‘sish




Download 7,16 Mb.
bet217/275
Sana19.09.2020
Hajmi7,16 Mb.
#11452
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   275

O‘rtacha mutlaq qo‘shimcha o‘sish zanjirsimon mutlaq o‘sishlardan oddiy arifmetik o‘rtacha aniqlash natijasida hosil bo‘ladi: ming tonna. (11.6)

O‘rtacha mutlaq qo‘shimcha o‘sishni formula yordamida hisoblayotganda shuni hisobga olish kerakki, bu formuladan darajalar kuchli tebranishga ega bo‘lmagan taqdirda foydalanish mumkin. Agar ularda kuchli tebranish kuzatilsa, dastlab tebranishlardan umumiy tendensiya (trend)ni ajratib olish kerak.




O‘rtacha mutlaq tezlanish darajalari analitik yo‘l bilan tekislangan qatorlar uchun hisoblanadi.

O‘rtacha mutlaq tezlanish, o‘rtacha mutlaq o‘sishga o‘xshab, ayrim davrlardagi mutlaq tezlanish miqdorlari yig‘indisini davrlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

(11.7)

Dinamika o‘rtacha sur’atlari turli usullar yordamida aniqlanadi. Ko‘pincha geometrik o‘rtacha qo‘llanadi.

Dinamika qatorlarining tendensiyalarini aniqlash va ularni qiyosiy tahlil qilishda dinamika o‘rtacha sur’atlarini hisoblash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘rsatkichni topishning eng aniq usuli dinamika qatorlarini eksponentlar (ko‘rsatkichli funksiya ) bo‘yicha tekislash natijalariga asoslanadi.

Qator darajalari bir marom va yo‘nalishda o‘zgarsa, o‘rtacha dinamika sur’ati zanjirsimon o‘sish sur’atlaridan geometrik o‘rtacha hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi:


Download 7,16 Mb.
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   275




Download 7,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rtacha mutlaq qo‘shimcha o‘sish

Download 7,16 Mb.