37
II-BOB. C++ DASTURLASH TILI, C++ DASTURLASH TILIDA TURLAR
VA OPERATORLAR
2.1 C++ DASTURLASH TILI TARIXI VA UNING TARKIBI
Reja:
1.C++ tili tarixi;
2. C++ tilining leksemmasi;
3. C++ dasturlash tilidagi dasturning umumiy ko‗rinishi.
4.C++ dasturlash tilida izohlardan foydalanish
Butun dunyoda informatika va axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan
bir qatorda dasturlash asoslari ham keng rivojlanib bormoqda. Dasturlash asoslari
fanining asosi bo‗lmish dasturlash tillari ham keng ommalashib bormoqda.
Birinchi EHM yaratilgan davrdan boshlab dasturlash ham rivojlanib bormoqda,
dastlabki kompyuterlar AQSH da harbiy maqsadlar yo‗lida yaratilgan.
Dastlab
dasturchilar eng sodda mashina tilini o‗zida ifodalovchi kompyuter komandalari
bilan ishlaganlar. Bu komandalar uzun qatorli nol va birlardan iborat bo‗lgan.
Keyinchalik foydalanuvchi uchun tushunarli bo‗lgan assembler tili yaratiladi.
Keyinchalik sekin asta yuqori bosqichli
tillar yaratila boshlandi, yuqori bosqichli
algoritmik tillarda dasturni foydalanuvchi tushunadigan ma‘lum
bir standartlar
yordamida yaratiladi. Yuqori bosqichli algoritmik tillarda tuzilgan dasturni
kompyuter tiliga maxsus interpretator va komplyatorlar yordamida o‗tkazilardi.
Elektron xisoblash mashinalari avlodlari rivojlanib
borishi bilan bir vaqtda
dasturlash va dasturlash tillari ham keskin rivojlandi. Dasturlash tillarida tuzilgan
dastur tarkibidagi bo‗yruqlarning soddaligi va kompyuter
xotirasidan kam joy
egallashi bilan katta farq qiladi. Yuqoridagi jarayonlarni hisobga olib dasturlashga
ham talablar o‗zgarib bordi, nafaqat dasturlashni balki dastur yozish
texnologiyasini ham o‗zgarishiga olib keldi. Dasturlash
asoslari fani bu elektron
hisoblash mashinalarining boshqaruvchi fan deb ham yuritish mumkin. Chunki
elektron hisoblash mashinalarining asosi bo‗lmish dasturiy ta‘minotlar ham
insoniyat tomonidan ma‘lum bir qoida va buyruqlar asosida yaratiladi Ayni vaqtda
bir nechta dasturlash tillari mavjud ulardan keng qo‗llaniladigan
va barcha
imkoniyatlari keng bo‗ganlari