• Tayanch tushunchalar
  • -mavzu: Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
    14-mavzu: Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va 
    tilshunoslik
    Reja: 
    1.Tilshunoslikning 
    fizika 
    bilan 
    munosabati. 
    Akustika 
    va 
    tilshunoslik. 


    108 
    2.Fonetikani o‗rganishda tajribaviy usullar. Nutq intonatsiyasini 
    o‗rganishning eksperimental-fonetik usullari. 
    Tayanch tushunchalar: tilshunoslikning fizika bilan munosabati, 
    akustika, tilshunoslik, fonetikani o„rganishda tajribaviy usullar, nutq,
    intonatsiya, eksperimental-fonetik usullar. 
    1.Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va 
    tilshunoslik. Fizika – tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning 
    tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro 
    taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha 
    moddiy tizimlarga xos. Mana shu ma‘noda fizika barcha fanlar, ayniqsa, 
    tabiiy fanlar bilan uzviy bog‗liq. Jumladan, fizikaning akustika bo‗limi 
    fizikaning fonetika bo‗limi bilan chambarchas aloqadadir. Akustika 
    tovushning eshitish xususiyatlarini o‗rganadi. Nutq tovushlari 
    akustikaga asoslanadi. Akustikada uch kechim bo‗ladi:1) ikki jismning 
    o‗zaro urilishi; 2) natijada havoda tebranish hosil bo‗lishi; 3) uning 
    eshitish organiga ta‘siri. Bioakustikada birinchi kechim o‗pkadan kelgan 
    havo oqimining nutq organiga urilishi bo‗ladi. Uning qolgan kechimlari 
    fizik akustika kechimlari bilan bir xildir. Bioakustika nutq tovushi 
    hisoblanadi. Nutq tovushi bir necha xususiyatga ega: 1) tovush 
    balandligi 2) tovush kuchi 3) tovush cho‗ziqligi 4) tovush tembri. 
    Tovush balandligi o‗pkadan kelgan havoning nutq organiga urilishi 
    natijasida hosil bo‗lgan tebranishning sekundlik miqdoriga bog‗li 
    bo‗ladi. Havoning sekundlik tebranish miqdori qancha ko‗p bo‗lsa, 
    yuzaga kelgan tovush shuncha baland chiqadi va, aksincha. Odatda 
    tovush hosil bo‗lish kechimidagi havo tebranishi gs(gers)bilan 
    o‗lchanadi. Bir gs.tovush payining berilgan zarbdan bir silkinib qaytishi 
    bo‗lib, bu silkinish havoning bir tebranishida aks etadi. Inson 16gs.dan 
    20 ming gs.gacha tovushni eshitish qobiliyatiga ega. Undan ortiq gs.li 
    tovushlar ultra tovush bo‗lib, uni inson eshita olmaydi. Inson oddiy 
    so‗zlashuvda 100gs.dan 400gs.gacha balandlikdagi tovushni qo‗llaydi. 


    109 
    Insonning eng past tovushi bas deb atalib, 40 gs.ga, eng baland tovushi 
    saprano deb atalib, 1700gs.ga ega bo‗ladi. 
    66
    Tovush paylarining ko‗p yoki kam miqdorda tebranishi tovush 
    paylaridagi imkoniyatga bog‗liqdir. Tovush paylari yupqa bo‗lsa, ko‗p 
    tebranish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Uning qalinligi shu imkoniyatni 
    chegaralaydi. Odatda bolalar va ayollarning tovush paylari yupqa bo‗lib, 
    erkaklarning tovush paylari rasta yoshidan qalinlashadi. Shuning uchun 
    erkaklarning tovushi yo‗g‗on va past, ayol va bolalarning tovushi 
    ingichka va baland eshitiladi. Tovush kuchi nutq organiga havoning 
    bergan zarbi bilan o‗lchanadi. Ammo tovush kuchi tovush balandligi 
    emas. Kuchli tovush past bo‗lishi ham mumkin. Tovush kuchi zarbdan 
    hosil bo‗lgan tebranishning har bir silkinishidagi zarb yo‗nalish bo‗yicha 
    borib qaytish oralig‗i bilan belgilanadi. Uni fiziklar tilida tebranish 
    amplitudasi deyiladi. Tebranish amplitudasi detsibal bilan o‗lchanadi. 
    Bo‗g‗in unlisida urg‗uning bali yuqori bo‗ladi. 
    Tovush cho‗ziqligi o‗pkadan kelgan havoning nutq organiga 
    urilish davomiyligi bilan o‗lchanadi, ya‘ni u tovushga ketgan vaqt bilan 
    bog‗liq bo‗ladi. Uni bir necha omillar belgilaydi. Nutq tempi tez bo‗lsa, 
    undagi tovushlar cho‗ziqligi ancha kam kechadi. Urg‗uli bo‗g‗inlar 
    tovushi boshqa bo‗g‗inlar tovushiga nisbatan cho‗ziqroq bo‗ladi. 
    So‗zlardan toq bo‗g‗inlar mutlaqo urg‗usiz bo‗lgani uchun qisqa, 
    ko‗pincha reduksiyaga uchragan holda qayd etiladi. Tovush cho‗ziqligi 
    ularning artikulyatsiya usuli bilan ham bog‗liqdir. Odatda, portlovchi 
    tovush oniy, sirg‗aluvchi cho‗ziqroq, sonor va unlilar nisbatan eng 
    cho‗ziq tovushlar hisoblanadi. Tovushlar cho‗ziqligi msek.(milliy 
    sekund-sekundning mingdan bir bo‗lagi) birligi bilan o‗lchanadi. 
    Tovush tembri (sifati) qator tovush tonlari xususiyati bilan o‗lchanadi. 
    Tovush tonlari asosiy ton, yordamchi ton, shovqindan iborat. Asosiy 
    ton tovush payining tebranishi va uning havoga ko‗chishidan iboratdir. 
    Yordamchi ton oberton va yordamchi ton komponentlariga bo‗linadi, 
    oberton (parsial ton ham deyiladi) tovush paylarining ma‘lum qismlari 
    66
    Mиртожиев М. Ўзбек тили фонетикаси. –Тошкент: Фан, 2013.–Б.18-22. 


    110 
    tebranishi va uning havoga asosiy ton tebranishi bilan birga ko‗chishidir. 
    Asosiy ton bilan birga oberton kishi tovushini hosil qiladi, shuningdek 
    tovushning ayrim shaxsga xos individualligini shakllantiradi. Rezonator 
    ton esa asosiy va obertonning xalqum, og‗iz, burun devorlariga urilib 
    qaytgandagi tebranishdan yuzaga keladi. U, ayniqsa, sonantlar 
    shakllanishida hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Rezonator ton ashulachilar 
    faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Zal, auditoriya, machit, cherkov 
    kabilar qurilishida ham ularning rezonator ton hosil qilishi hisobga 
    olinadi. U ovozni jarangdor, yoqimli va yuqori chastotali qilib beradi. 
    Shovqin tovush paylari ishtirokisiz boshqa nutq organlarida, havo ularga 
    urilishi natijasida hosil bo‗ladi. 

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish