• Talabaga eslatma! To‘g‘ri tanlangan mavzu – kurs ishining muvaffaqiyatli himoyasiga tashlangan birinchi omadli qadamdir
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/25
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #140968
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    DASTLABKI TANISHISH 
    Tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan dastlabki tanishish 
    bosqichi, 
    avvalo, kurs ishining rejasini tuzish va yoritilajak savollarning qamrovini 
    belgilab olish uchun muhimdir. Kurs ishi rejasi uning yo‘nalishi va 
    maqsadlarini aks ettirishi kerak. Shu sababli talaba rejani tuzishdan avval 
    kurs ishining muhim savollarini belgilab olish maqsadida asosiy adabiyotlar, 
    darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar, 
    Talabaga eslatma! 
    To‘g‘ri tanlangan mavzu – 
    kurs ishining muvaffaqiyatli 
    himoyasiga tashlangan birinchi 
    omadli qadamdir 



    amaliyotda qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqib, 
    mavzuning ham nazariy, ham amaliy tomonlarini aniqlab oladi. 
    Adabiyot bilan ishlash - talabaning mustaqil faoliyati bo‘lib, bu 
    faoliyat kutubxonalar va axborot-resurs markazlarining (ARM) kartotekalari 
    va bibliografik ma’lumotnomalarini o‘rganishdan boshlanadi. Bu borada 
    ARMda mavjud adabiyotlarni bilimlarning ma’lum tarmoqlari va sohalari 
    bo‘yicha guruhlovchi predmet-alfavit katalogi, elektron darsliklar bo‘yicha 
    ma’lumotlar bazasi, Internet resurs manbalaridan olingan ma’lumotlar 
    yaqindan yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, ARMlarda fanning 
    yo‘nalishiga oid bo‘lgan ko‘plab maxsus jurnallar, xalqaro hamda respublika 
    miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarning maqola va tezislari to‘plami, 
    fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar va ma’ruza matnlari mavjud. Ular bilan 
    yaqindan tanishish ham rejani tuzishda amaliy yordam berishi mumkin. 
    Adabiyot 
    bilan 
    ishlashda 
    darsliklar, 
    o‘quv qo‘llanmalarning 
    chop etilgan vaqtiga alohida ahamiyat 
    berish zarur. Chunki ularda bayon 
    etilgan ayrim masalalar, keltirilgan 
    amaliy ma’lumotlar, amaliyot bilan 
    bog‘liq u yoki bu ko‘rsatmalarga asos 
    bo‘lgan me’yoriy materiallar eskirgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli 
    adabiyotlarni to‘plashda eng yangi nashrlardan (oxirgi 3-5 yillar ichida nashr 
    etilgan) foydalanish, mustaqil izlanishlar asosida tuzilgan adabiyotlar 
    ro‘yxatini esa kurs ishi rahbari bilan birgalikda ko‘rib chiqish va, zarur 
    bo‘lsa, rahbarning tavsiyasi bilan to‘ldirish lozim. 
    Talabalarga yaqindan yordam berish maqsadida mazkur uslubiy 
    qo‘llanmaga kurs ishini bajarish bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar 
    ro‘yxati ilova qilingan (3-ilovaga qarang). 

    Download 0,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti

    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish