153
asosida sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Chet el
amaliyotida yong‘in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar,
mehnat
muhofazasi bo‘yicha tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
Tarif stavkasi - sug‘urta
riskini baxosi; sug‘urta summasiga nisbatan
foizlarda hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi (brutto-stavka) ikki qismdan
iborat:
netto-stavka
va
netto-stavkaga
yuklama.
Netto-stavka
sug‘urta
kompaniyasining sug‘urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi.
Netto-
stavkaga yuklama sug‘urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini,
komissiya
haqini va boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Shaxsiy sug‘urta buyicha tarif
stavkasi mol-mulk sug‘urtasining tarif stavkasidan keskin farq qiladi.
Hayot
sug‘urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va daromad normasiga muvofiq
hisoblab chiqiladi.