94
muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan
keyin har xil rangli bir xil predmetlarni, sodda shakldagi istalgan predmetlarni,
koptok, ip, koptok, banka, rul, g‘ildiraklarni berish mumkin. Tarbiyachi bolalarga
predmetlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, «shakl» so‘ziga urg‘u
bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U predmet konturi ustidan ko‘rsatkichni
yuritib chiqadi, oxirida u predmet ustidan qo‘lini yurgazib «dumaloq» (g‘ildirak)
deydi. Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim. Tarbiyachi
qo‘llarining harakatini kuzatib, kichkintoylarga xuddi shunday harakatni havoda
bajarishga «yordam» berishadi. Predmet konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich
aylantirib chiqiladi. Har gal harakat predmet ustidan qulni tekkazib chiqish bilan
tugaydi, shunday qilinmasa shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib
qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda predmetlar konturini o‘rab olish, ularni qo‘l
bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, predmetlarni dumalatish,
ularni har xil holatda qo‘yish istagini uyg‘otadi. Natijada dumaloq va burchakli
predmetlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar. «Shakli
bo‘yicha o‘xshashlarini tanla» kabi o‘yin mashqlardan foydalanish mumkin.
Chaqirilgan bola o‘z predmetini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi predmetlar
turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar,
masalan: o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi predmetlarni ajratib
qutilarga solishadi: bir qutiga dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli
(burchaklari bo‘lgan) predmetlarni solishadi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni
doira va kvadrat bilan tanishtiradilar.