• Belgilangan ball Baholash mezonlari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet579/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   575   576   577   578   579   580   581   582   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Kurs ishlarini baholash tartibi 
    Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, 
    ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. SHu boisdan har bir 
    o’qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob’ektiv nuqtai-nazardan yondoshib, 
    bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga 
    muvofiq bo’ladi.
    Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga 
    muvofiqdir. Yangi reyting tizimi bo’yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim 
    asosida baholanadi.
    SHuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir: 
    № 
    Belgilangan ball 
    Baholash mezonlari 

    5-baho 
    “A’lo” 
    Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda 
    yoritilgan 
    bo’lsa, 
    foydalanilgan 
    adabiyotlar 
    va 
    ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar 
    ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilagan 
    savollarga aniq va to’liq javob berib, o’zining fikrini erkin 
    bayon etsa bunday tayorlangan ishlarga «a’lo» baho 
    qo’yish mumkin. 

    4-baho 
    “Yaxshi” 
    Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to’liq javob 
    yozilgan bo’lib, bittasiga yetarlicha javob berilmagan 
    bo’lsa, himoyada talabaning javob berishiga qarab 
    «yaxshi» baho qo’yish mumkin. 

    3-baho 
    “Qoniqarli” 
    Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni 
    yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo’lsa, to’g’ri 


    578 
    yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko’chirilgan, 
    foydalanilgan 
    adabiyotlar 
    ro’yxati 
    yo’q, 
    ilovalar 
    berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bo’lsa, 
    ko’rsatilgan 
    kamchiliklar 
    himoyagacha 
    bajarilsa, 
    talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni 
    «qoniqarli» baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi 
    kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi 
    «qoniqarsiz» baholanadi. 

    2-baho 
    “Qoniqarsiz” 
    Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, 
    u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz» baholanadi: 
    -
    reja noto’g’ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo’lib, 
    mavzuning mazmuniga mos tushmasa
    -
    kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa; 
    -
    javoblar asosan o’quv adabiyotlaridan ko’chirilgan 
    bo’lsa; 
    -
    foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lmasa; 
    -
    foydalanilgan 
    adabiyotlarga va ma’lumotlarga 
    ilovalar berilmagan bo’lsa; 
    -
    rejadagi 
    savollar 
    mohiyati 
    biri 
    ikkinchisidan 
    ajratilmagan holda berilsa: 
    -
    kurs ishini talabaning o’zi xusni xati bilan 
    bajarmagan bo’lsa. 
    O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni 
    bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf 
    qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi. 
    Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim
    hisoblanadi. CHunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni 
    did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko’rsatiladi. 
    SHunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomlarini tahlil qilish, 
    talabalarga tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega 
    bo’lishga ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo’lib 
    yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, 
    qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini 
    pir qilib, o’qishga bo’lga ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga 
    ta’sir qiladi. SHu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada 
    yoritilganligini har tomonlama ob’ektiv taxlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan 
    asoslash lozim. 
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy 
    fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam 
    beradi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   575   576   577   578   579   580   581   582   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish