493
aloqalarning rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi, kommunikatsiya va axborot
zamonaviy tizimi, texnik jihatdan jahon andozalari va me’yorlarining yaratilishi
natijasida jahon xo’jaligining yaxlitligi, uning globallashuvi kuchaymoqda. Ayniqsa bu
jarayon transmilliy korporatsiyalarning faoliyatlari orqali aniq namoyon bo’lmoqda.
Boshqa
tomondan, mintaqaviy darajada mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan
yaqinlashuvi va o’zaro aloqadorligi ro’y berib, jahon xo’jaligining nisbatan mustaqil
markazlarini tashkil etish yo’nalishida rivojlanayotgan yirik mintaqaviy integratsion
tuzilmalar shakllanmoqda.
Shunga ko’ra, ushbu mavzuda xalqaro
integratsiyaning mohiyati, maqsad va
shakllari bayon etiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning turlicha nazariyalari tahlil
etilib, jahondagi asosiy integratsion guruhlar ko’rib chiqiladi. Mavzu so’ngida hozirda
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi va tashqi
iqtisodiy faoliyatining
asosiy yo’nalishlari ochib beriladi.
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari
va ob’ektiv asoslari
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kelishi
mumkin bo’lgan muammolarni hal etish va mazkur
jarayonning eng samarali
shakllarini ko’rsatib berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo bo’lishi
va rivojlanishiga olib keldi. Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm,
korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik, dirijistlik yo’nalishi kabilarni ajratib
ko’rsatish mumkin.
Erta
neoliberalizm
(1950-1960 yillar) vakillari V.Repke va M.Alle to’liq
integratsiya deganda bir necha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining
tashkil
etilishini tushunib, bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali kuchlari
amal qilib, davlat siyosati unga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi. Bu olimlarning fikricha,
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga davlatning aralashuvi inflyatsiya,
xalqaro
savdo va to’lov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi
asosidagi xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi erta neoliberallarning fikrining
asossiz ekanligini ko’rsatdi. Shunga ko’ra, keyingi neoliberalizm vakili B.Balass
iqtisodiy integratsiya davlatning iqtisodiy hayotdagi ishtirokining
faollashuviga olib
kelishini tadqiq etdi.