166
ta’minotchilarini kredit va materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash,
yetakchi mutaxassislarni og’dirib olish, narxni keskin pasaytirish g’irrom raqobatning
oddiy usullaridir.
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan
iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda
umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga
asoslanadi. Sh
u o’rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko’rsatib o’tish
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
-
boqimandalik,
befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik
kabi salbiy
holatlarga barham beradi;
-
qarindosh-urug’chilikni,
oshna-og’aynigarchilikni,
tanish-bilishlikni,
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi
35
.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi
raqobat va narxsiz
raqobat.