125
- Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga
yaqinini tashkil qiladigan
sanoatning ko’pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, yengil, oziq-ovqat,
kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligi va boshqalar)
rivojlantirish istiqbollari
bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi;
- qishloq xo’jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqtda valyuta resurslari,
respublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari,
dori-darmonlar, texnika va
texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi;
- mustaqillik sharoitida qishloq xo’jaligining
oziq-ovqat muammosini hal
etishdagi rolining ortib borishi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o’sib o’tishida
moliya-kredit sohasini isloh qilish
alohida o’rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda
davlat budjeti taqchilligini
kamaytirib borish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va
subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat
ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag’ ajratish, iqtisodiyotni
rivojlantirishda
investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy yo’nalishlari
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri