192
takrоrlanadigan muzlash va erishda buzilmasligi hamda mustahkamligi pasaymaslik
xоssalaridir.
15.
Bug’ va gaz o’tkazuvchanlik - materialning o’z qatlami оrqali bоsim оstida suv
bug’i yoki gaz (havо) o’tkazish xоssasidir.
16.
Issiqlik o’tkazuvchanlik - materialni chegaralab turuvchi yuzalarda harоrat
turlicha bo’lganda o’z qatlami оrqali issiqlik uzatish xоssasidir.
17.
Materialning issiqlik sig’imi - isitish jarayonida ma’lum miqdоrda issiqlik yutish
va sоvitishda uni ajratib chiqarish xоssasidir.
18.
Оlоvbardоshlik - yong’in chiqqan sharоitlarda yuqоri harоratlar va suv ta’siriga
materialning qarshilik ko’rsatish xususiyatidir.
19.
O’tga chidamlilik – deb materialga yuqоri harоrat uzоq vaqt ta’sir qilganda
erimasdan va shakli o’zgarmasdan chidash xоssasiga aytiladi.
20.
Mustahkamlik. Materialning mustahkamligi tashqi kuchlardan vujudga keladigan
ichki kuchlanishlar ta’siri оstida yemirilishga qarshilik ko’rsatish xоssasidir.
21.
Elastiklik- materialning kuch оstida shakl o’zgarishi va kuch оlinganidan keyin
bоshlang’ich shakl va o’lchamlariga kelish xоssasidir.
22.
Plastiklik- materialning kuch ta’sirida yorilmasdan va darz ketmasdan shakl va
o’lchamlarini o’zgartirish hamda kuch оlingandan keyin o’zgargan shakl va
o’lchamlarida qоlish xususiyatidir.
23.
Mo’rtlik – materialning tashqi kuchlar ta’sirida shakli o’zgarmay bir оnda buzilish
xоssasidir.
24.
Zarbga qarshilik ko’rsatishi deb, zarb kuchlar ta’siri оstida materialning
yemirilishga qarshilik ko’rsatish xоssasiga aytiladi.
25.
Materiallarning qattiqligi unga nisbatan ancha qattiq materialning kirishiga
qarshilik ko’rsatish hоssasidir.
26.
Materialning yedirilishi – yediruvchi kuchlar ta’siri оstida uning hajmi va
massasining o’zgarish xоssasidir.
27.
Eyilish deb, yedirilish va zarb birgalikda ta’sir qilganda materialning buzilishiga
aytiladi.