|
n/2
yuqoridagi belgi, ikkinchi bo'ginda
n/4Bog'liq biologiya majmuan/2
yuqoridagi belgi, ikkinchi bo'ginda
n/4
; uchinchi
bo‘g‘inda
n/8;
to‘rtinchi bo‘g‘inda —
n/16
va hokazo nisbatda bo’ladi, bora-bora yangi belgi yo‘qolib
ketadi va tanlash uchun 'material bo’la olmaydi.
Djenkin
o‘z e’tirozini genetikadan bexabar holda matematika qonunlari asosida yaratgan
edi. Genetika fani rivojlanmagan Mendel tadqiqotlari yetarli baholanmagan va ko‘pchilikka nomaium
boigan o‘sha davrda Djenkin e’tirozi eng ishonchli e’tirozlar qatoriga kirgan edi.
Binobarin, Darvin taiimotidagi birinchi kamchilik irsiyat to‘g‘risidagi bilimlarning yetarii emasligi bilan
izohlanadi. Agar Darvin Mendel taiimotidan xabardor boiganda, Djenkin e’tirozlarini toiiq bartaraf
qilish mumkin edi. O‘sha davrda angliyalik taniqli anatom va paleontologya
R. Ouen
, amerikalik
zoolog va paleontology
L. Agassi
, germaniyalik
R. Virxov
Darvin taiimotiga qarshi chiqdilar. Darvin
muxoliflari organizmlarning tarixiy rivojlanishi haqidagi nazariyaga qarshilik ko‘rsatsalar ham, biroq
yangi taiimotni tasdiqlovchi ilmiy dalillaming yanada ko'proq to‘plana borishi, uning himoyachilarining
mardonavor kurashi natijasida mazkur nazariyani e’tirof qilishga majbur bo’ldilar. Shu jihatdan olganda,
atoqli amerika paleontology O
.A. Marshning
(1879) «Hozirgi fanning faol xodimlari 0‘rtasida
evolyutsiyaning to‘g‘riligi haqida munozara yuritish bekorga vaqt ketkazishdir. Bu masaladagi «jang»
evoljaitsion ta’limot g'alabasi bilan tugadi», degan so'zlari xarakterlidir.
Evolyutsion ta’limotning taraqqiyot bosqichlari.
Evolyutsion ta’limotning
vujudga kelgan
vaqtdan to hozirgacha o‘tgan davrda organik olamning evolyutsiyasi sabablarini tushuntirishda bir-
biriga qarama-qarshi ikki oqim hukm surib kelmoqda. Ulardan biri evolyutsiya jarayonini
harakatlantiruvchi kuchlar
monofaktorial
deb tan oladi. Bu oqim tarafdorlari adaptiv modifikatsiya,
mutatsiya, migratsiya va izolyatsiya, chatishtirish hamda preadaptatsiya kabi omil lardan biri
evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi, deydilar. Ikkinchi oqim tarafdorlari esa
evolyutsiyaning asosiy omillari ko‘p, ular o‘zaro bog’liq, deb uqtiradilar. Evolyutsiya jarayonini bunday
tushunish dastlab Darvin nazariyasida o‘z ifodasini topgan. Chunki u o'simliklar bilan
hayvonlarning evolyutsiya jarayoni bir-biriga bogiiq xilma-xil omillar: irsiy o'zgaruvchanlik,
urchishning geometrik progressiyasi, yashash uchun kurash, foydali irsiy o‘zgarishlarning tanlanib,
saqlanib qolishi, divergensiya va qisman, konvergensiya ta’siri natijasida amalga oshadi, deb
e’tirof etdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida evolyutsion nazariyaning rivojlanishi tufayli Darvin ilgari surgan
evolyutsiya omillari tushunchasiga birmuncha o‘zgartirish kiritildi va oqibatda evolyutsion ta’limotning
uch shoxobchasi;
klassik darvinizm
,
lamarkcha darvinizm
,
neodarvinizm
yo‘nalishlari vujudga keldi.
|
| |