123
4-BOB. MULTIMEDIA
NAMOYISHI
Mavzu rejasi:
Tovushli fayllar formati va ularning haj mini kichraytirish.
Videofayllar formati va videofayllarning hajmini kichraytirish.
Multimedia turlari.
4.1.
Tovushli fayllar formati va siqish
MIDI formati
. Barcha ovoz kartalari, yozish va ijro etish
kanalidan
tashqari, MIDI (Musical instruments digital interlace –
Musiqa asboblari raqamli interfeysi) formatida ishlaydigan sintezator
kanalini o‘z ichiga oladi. Sintezator qanday ishlashining ikkita asosiy
prinsipi mavjud. Chastota sintezi (FM – frequency modulation) bir
nechta sinusoidal signallarning generatorlarini o‘zaro modulyatsiya
qilishga asoslangandir. Bunday sintezatorlar apparat sintezatorlarida
qo‘llaniladigan tovushlarning faqat kichik bir qismini hosil qilib, juda
past sifatda sintez qilishga qodir. Shuning uchun ko‘pincha faqat shu
sintezatorlar bilan jihozlangan kartalar
sof tovushli hisoblanadi va
notalar bo‘yicha musiqa ijro eta olmaydi.
Sintezatorning yana bir turi to‘lqin jadvali (WT – Wave Table)
prinsipiga ko‘ra ishlaydi, bunda tovush namunalari bo‘lgan jadvallar
sintezator xotirasida oldindan saqlanib, kerakli daqiqalarda ma’lum bir
balandlikda va to‘g‘ri kombinatsiyalarda o‘ynaladigan raqamli shaklda
(namunalar) yozilgan.
Ovozlarni takrorlash uchun WT-sintezatorga namuna (samples)
lar saqlanadigan doimiy xotira (ROM) kerak, shuningdek, bir qator
kartalarda operativ xotira ham mavjud bo‘lib, sintezatorning tembr
palitrasini
kengaytirib, qo‘shimcha namunalar to‘plamini yuklash
mumkin.
FM va WT tovush kartasi(soundblaster) sintezatorlari notalarni
ijro etish, tembrlarni o‘zgartirish,
ovoz balandligi, panorama va
boshqa ovoz parametrlarini boshqarish buyruqlarini o‘z ichiga olgan
musiqa asboblarining MIDI interfeysi yordamida amaliy dasturlardan
boshqariladi. Shunday qilib, MIDI fayli
faqat sintezatorga buyruqni
124
o‘z ichiga oladi, xuddi musiqiy partituraga o‘xshab, oldindan yozib
olingan namuna(sample)lar ijro etilishi kerak. Turli xil sintezatorlarning
standart ovozlari bir-biriga o‘xshash bo‘lishiga qaramay, ular hali ham
turli xil tembrlar va tovush dinamikasiga ega, shuning uchun bitta ovoz
kartasida ajoyib ovoz chiqaradigan MIDI musiqasi boshqasida uncha
yangrab eshitilmasligi mumkin.
Turli kartochkalarning bir-biriga mos kelishini ta’minlash uchun
dunyoga mashhur elektr musiqa asboblari ishlab chiqaruvchisi Roland
firmasi maxsus General MIDI (GM) standartini ishlab chiqdi, u faqat
128 ta musiqiy asbob bilan cheklangan, bu esa ba’zi musiqachilarning
musiqiy g‘oyalarini ifoda etishi uchun yetarli emas deb hisoblashadi.
Shuning uchun tez orada General Synth (GS) deb nomlangan yana bir
standart chiqarildi, unda yana ko‘plab tembrlar o‘rnatildi. Shu bilan birga,
u “eski” General MIDI bilan mos keladi, ya’ni GM sintezatori uchun
yozilgan musiqa GSda to‘g‘ri qayta eshittiriladi va GS uchun yozilgan
musiqa (ba’zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yib) Gmda ham to‘g‘ri bajariladi.