Windows 8 muhitida ishlovchi
ixtiyoriy dastur darchasida
“Файл” tavsiyanomasining “Открыть” (ochish) buyrugʻini ishga
tushirish.
Ba’zi dasturlarning “Файл” tavsiyanomasida oxirgi
foydalanilgan bir nechta hujjat roʻyxati beriladi.
Shulardan
keraklisini tanlashingiz mumkin.
3.7-rasm. Ilovada yangi fayl yaratish
3.8-rasm. Windows 8
da faylni ochish
53
Fayllarni koʻchirish va nusxasini olish. Siz fayllaringizni va
papkalaringizni xohlagan joyingizga koʻchirishingiz
va nusxa
olishingiz mumkin. Bu sizga ma’lumotlaringizni qattiq disklarda va
USB disklarda saqlash imkonini beradi
24
.
Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib
qoladi va yangi joyga faylning nusxasi koʻchiriladi. Koʻchirish
vaqtida esa asl nusxa joyidan oʻchiriladi va koʻrsatilgan
joyga
uning nusxasi koʻchiriladi.
Fayllarni koʻchirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
– nusxasi olinadigan va koʻchiriladigan faylni ajratish;
– darchadagi uskunalar
panelidan nusxa olish uchun
“Копировать” nusxa olishni tanlash, kesib olish uchun esa
“Вырезать”
boʻlimini tanlash;
– fayl nusxasi joylashtiriladigan
qurilma yoki papkani tanlash;
– “Uskunalar paneli”dan “Buferdan olib qoʻyish” boʻlimini
tanlash.
Fayl nusxasini olishning yoki koʻchirishning boshqa usullari
ham bor.
– Fayl nomida sichqonchani oʻng tugmasi bosiladi va ochilgan
kontekst tavsiyanomadan “Отправить” (Joʻnatish) buyrugʻi
tanlanadi. Ochilgan qism tavsiyanomadan qayerga joʻnatish
kerakligi koʻrsatiladi.
– Faylni sichqoncha yordamida ham koʻchirish mumkin. Bu
usul
Drag and drop – surish va qoʻyib yuborish deb nomlanadi.
Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga koʻrsatkichni olib
borib, sichqoncha chap tugmasi bosiladi
va kerakli joyga suriladi,
soʻngra sichqoncha klavishi qoʻyib yuboriladi
25
.