|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|
bet | 7/12 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #158232 |
Bog'liq AESda issiqlik va massa almashinuvi Hisobot 2023No
|
t (0C)
|
|
|
|
|
massaviy
|
hajmiy
|
1
|
0
|
|
|
2
|
100
|
|
|
Nazorat savollari
1. Issiqlik berishni ta ’riflang.
2. Issiqlik berish qonuni (Nyuton-Rixman qonuni) ni yozing. Issiqlik almashinish koeffitsiyentining fizik ma’nosi qanday?
3. Tabiiy va majburiy konveksiya deganda nimani tushunasiz?
4. Energiya, harakat, uzluksizlik, issiqlik berish differensial tenglamalarini yozing va tenglamalardagi fizik kattaliklar ma ’nolarini yoriting.
5-Laboratoriya ishi
Mavzu: Kondensatsiya va qaynashda issiqlik almashinuvi (ishlar sikli).
Ishning maqsadi: Kondensatsiya va qaynashda issiqlik almashinuvi (ishlar sikli) jarayonini o’rganish
Nazariy muqaddima
Qaynash deganda, bug‘ hosil bo‘lish tushuniladi, u to'yinish haroratdan yuqori darajada qizdirilgan suyuqlik ichida suyuq va bug‘ fazalari ajralishida yangi erkin yuzalar paydo boMishini ta’minlaydi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi issiqlik jarayonlarida qaynashda issiqlik berish ko‘p hollarda qozon qurilmalarida bug‘ generatsiyasida uchraydi. Ikki tartibli qaynashning - pufakli va plyonkali turlari mavjud. Pufakli qaynash davriy pufaklar paydo bo'lish va hajmiy pufaklarish shaklida yuzaga keladi. Plyonkali qaynash deb, qizdirish yuzasida tekis plyonka hosil bo'lishi, uning davriy ravishda suyuqlik hajmiga yorib kirishiga aytiladi.
Qizdirish yuzasi orqali qancha ko‘p issiqlik oqimi zichligi uzatilsa, shunchalik bug‘ pufakchalari generatsiyasi (paydo bo‘lishi) yuzaga keladi va suyuqlik aralashishi jadallashadi. Buning oqibatida qaynashning pufakli tartibida issiqlik almashinish koeffitsiyenti ortadi (11.1- rasm). Shu bilan birga ma’lum issiqlik oqimi zichligida
bug‘ning pufakchalari shunchalik ko‘p boMadiki, ular chaplashib tekis bug‘ plyonkasi hosil qiladi, natijada qaynashning plyonkali tartibi boshlanadi. Hosil bo‘lgan bug‘ plyonkasi katta issiqlik qarshiligiga ega, shu sababli qaynashning pufakli tartibidan plyonkalisiga o‘tilishda issiqlik koeffitsiyenti a ning qiymati keskin kamayishi kuzatiladi va shunga ko‘ra issiqlik oqimi zichligi ham keskin kamayadi. Issiqlik berish mexanizmi (qonuniyati) ning pufakli qaynash tartibidagi plyonkaliga o'tish boshlanishida yoki plyonkalidan pufakli tartibga o'tish boshlanishidagi buzilishi issiqlik texnikasida qaynashda issiqlik berish krizisi deyiladi, pufakchali qaynashda maksimal issiqlik oqimi zichligi imkoniyati — issiqlik oqimining birinchi kritik zichligi qkr deyiladi.
Issiqlik oqimi birinchi kritik zichligida yotganda harorat bosimining yana ortishi (devor va suyuqlik haroratlari farqi) boshlanishida issiqlik oqimi zichligining sezilarli kamayishiga ( 11.1- rasm), natijada plyonkali qaynashda issiqlik oqimi zichligining minimal oqimi zichligining minimal imkon darajasiga yetishiga olib keladi, bu holat issiqlik oqimining ikkinchi kritik zichligi q ^ deyiladi.
Issiqlik almashinishining keyingi jadallashuvi harorat bosimini ancha ko‘paytirish imkonini yaratishni talab etadi, bu o‘z vaqtida qizdirilayotgan devor va suyuqlik haroratlar farqini orttirishni talab etadi, qaysiki devor materialining issiqlikka chidamlilik imkoniyati bo‘yicha chegaralanadi. Shu sababli amaliyotda bug’ generatorlarida q < qu shartga javob beradigan ish tartibini ta’minlashga harakat qilinadi.
Jismning gaz holatdan suyuq yoki qattiq holatga o‘tishi kondensatsiya deyiladi. Qattiq holatga kondensatsiyalanish desublimatsiya deyiladi. To‘yingan yoki qizdirilgan bug‘ni kondensatsiyalash uni to‘yinish haroratidan past haroratda sovitish bilan amalga oshiriladi. Kondensasiyalash bug‘li yoki bug‘ — gazli hajmda, qattiq yoki suyuqlik yuzasida bug‘ning ular bilan o‘zaro kontaktda bo'lishida sodir etiladi.
Jism yoki suyuqlik yuzasida kondensatsiya jarayoni kechishi har xil holatlari bo‘ladi: plyonkali, tomchili yoki aralash.
Plyonkali kondensatsiyalanish deb, suyuq holatga kondensatsiyalanishning
liofil (suyuqlik bilan yaxshi ho‘llanadigan) yuzali qattiq jismda kondensatning tekis plyonkasi hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi. Tomchili kondensatsiya — bu kondensatsiyalanishda suyuqlik holati liofob (ho‘llanmaydigan) yuzali qattiq jism yuzasida alohida kondensat tomchilari paydo bo‘lishi bilan sodir etiladi. Aralash kondensatsiyalanishda suyuqlik holati qattiq jism yuzasida paydo bo’lishida yuzaning har hil uchastkalarida bir paytda ham plyonkali, ham tomchili kondensatsiyalanish sodir bo‘ladi. Suyuqlikning aynan yuzasida bug‘ kondensatsiyalanishi (tomchi, oqim va boshqalar) kontaktli kondensatsiya deyiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti
|