97
o
Axborotlar ma‘lumotlar bazasida jadval ko‘rinishida saqlanadi.
o
Har bir jadval tuzilmaga ega bo‘lib, uning tuzilmasi maydonlar tarkibi va
xususiyatlari bilan aniqlanadi. Maydonlarning asosiy xususiyatlari maydon
turi va o‘lchami bilan belgilanadi
.
o
Jadvallarda saqlanayotgan ma‘lumotlarni o‘zgartirish, olib tashlash saralash,
filtrdan o‘tkazish, ko‘paytirish va ular ustida boshqa
turdagi operatsiyalar
o‘tkazish mumkin. Operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun esa maxsus
obyekt sanalmish
«so‘rov» ni qo‘llash mumkin.
o
MBBT Access da
«so‘rov» maxsus
«namunaviy so‘rov blankasi» orqali
amalga oshiriladi.
«So‘rov» asosida vaqtincha natijaviy jadval tuziladi va bu
jadvalga binoan yangi jadval tuzish yoki mavjud jadvalni o‘zgartirish
mumkin bo‘ladi.
o
Jadvalga ma‘lumotlarni kiritish yoki uni ko‘rish uchun maxsus obyekt
sanalmish
«Forma» xizmat qiladi.
Forma –ekran obyekti deyiladi. Forma
tuzilmasi qism va boshqarish elementlaridan tashkil topadi. Formani tashkil
qilish
avtomatik ravishda, yarim avtomatik holda (Master yordamida) va
qo‘lda (конструктор tartibida) bajariladi.
o
Hujjatni chop etish jarayonida qog‘ozdagi hujjat –hisobot paydo bo‘ladi.
Hisobot ham xuddi forma kabi qism va boshqarish elementlaridan tashkil
topadi. Hisobotni ham avtomatik tarzda (avtootchyot yordamida), yarim
avtomatik (Master yordamida) va qo‘lda (конструктор tartibida) joriy qilish
mumkin.
o
Jadval, so‘rov, forma va hisobot–ma‘lumotlar bazasining
asosiy obyektlari
sanaladi. Ularni ma‘lumotlar bazasini tuzuvchi tashkil qiladi. Foydalanuvchi
esa ushbu obyektlarni tuzilmasiga xalal bermagan holda ish yuritishi lozim.
o
Ma‘lumotlar bazasini tashkil qiluvchi yana ikkita qo‘shimcha obyekt