81
tayanchlarni qisqartirish va tasmali uzatmani yo’qotish hisobiga
stanoklarning konstruksiyasini soddalashtirish imkonini beradi.
Rasmda elektr dvigatellarni biriktirishga ikki misol keltirilgan.
Stanoklarning ba’zi konstruksiyalarida (2-rasm, a) stanina 1 ga arra
3 ni zagotovkaga nisbatan muayyan burchak ostida o’rnatish
mumkin. Buning uchun stanok konstruksiyasiga maxovikchasi 5
bo’lgan chervyakli uzatma kiritilgan, bu uzatmaning g’ildiragi elektr
dvigatel 4 mahkamlangan plita bilan bog’langan. Elektr dvigatel
gorizontal tekislikda maxovikcha 6 li vint yordamida 100 mm
chegara
siljitiladi.
Agar
siljish
100
mm
dan
ortsa,
konstruksnyaga vint o’rniga maxovikchasi 11 bo’lgan shesternya-
reykali mexanizm 10 kiritiladi (2-rasm, b).
Uzunchoq shakldagi (statorning diametrini qisqartirish uchun)
elektr dvigatel supportning harakatlanadigan elementi 7 ga
mahkamlanadi, bu element yo’naltiruvchi 9
bo’yicha suriladi.
Elektr dvigatelni vertikal tekislikda surish uchun maxovikcha 2
li
vintdan foydalaniladi.