106
harakat qiladi va ipak tolalarini sakkizliklar yoki sinusoidal egri chiziqlar
shaklida taxlaydi. Bir jarayon seriya yoki "paket" deb ataladi. Hap bir paketda
15-25 ta sakkizliklar bo’ladi. Ipak qurti bitta paketni yasab bo’lgandan keyin
boshini bir oz ko’tarib, ipak chiqarishni to’xtatmasdan, boshini pastga tushirib
yangi paket yasay boshlaydi.
To’rtinchi ipak o’rash davrida ipak qurti oxirgi, pillaning ichki qavatini
hosil qiladi. Bu qavat noto’g’ri shakldagi xalqalar ko’rinishida o’raladi. Ipagini
tortib bo’lmaydigan g’ovak parda hosil bo’ladi. G’umbakning boshi turadigan
joyda bu parda yana ham g’ovakroq tuzilgan bo’lib, asosiy qobiqdan bir oz
qochibroq turadi.