287
butun yoz davomida 3-4 marta avlod berib har biri 45-50
kungacha hayot
kechiradi. Urg’ochilari tuqilgan barglar va tuproqning ustki qismida qishlab
sutkalik havo harorati +3-15 daraja atrofida bo’lgan vaqtda tashqariga chiqib tut
barglariga tarqaladi.
101-rasm. A-tamaki tripslari (1-voyaga etgani, 2-qanotsiz nimfasi, 3-
nimfasinng oxirgi yoshi):
B- ola-bula tripis boshining boshining tuzilish
sximasi: 1-mo’ylovi, 2-ko’zi, 3-toq sanchuvchi qil, 4-yuqori lab, 5-juft
sanchuvch qil, 6-pastki jag’, 7-pastki lab, 8-jag’ paypaslagichi, 9-lab
paypaslagich.
Qarshi kurash choralari. Zararkunandalarga
qarshi kurash uchun erta
bahorda tutlar barg yozganida kuzda to’qilgan barglarni to’plab yoqish tutlarning
qator oralarini haydash, zararkunandalarning eng ko’paygan
davri iyul, avgust
oylarida nihol, ko’chat va buta tutzorlarga oktametil preparatining 0,16% eritmasi
yoki sodaning ya’ni natriy karbonatning kalsiylashtirilgan 0,5%
li eritmasi
purkaladi. Biologik kurashda oddiy oltinko’z yoki yetti nuqtali xonqizidan
foydalanish mumkin.