265
Zamburug’larning foydali vakillarining qimmatli
ferment va biokimyoviy
xususiyatlari non yopishda, pivo, vino, sut-qatiq, pishloq tayyorlashda
foydalanilmoqda. Medisinada, yengil, konditer
sanoatda foydalaniladigan
kislotalar zambu rug’lar vositasida olinadi. Yog’ochni qayta ishlash, teriga ishlov
berishda zamburug’lar muxim rol o’ynaydi.
Zamburug’larning tabiatdagi va inson hayotidagi zarari yog’och, karton,
qog’oz, turli oziq ovqat maxsulotlari, jixoz va ishlab chiqarish vositalarini
buzilishiga, turli qishloq xo’jalik, manzarali, dorivor, o’rmon o’simliklarining
kasallanishiga sabab bo’ladi.
Tutning fuzarioz kasalliklari. Respublikamiz
sharoitida tutning vilt
kasalligi Verticillium va Fusarium zamburug’lari keltirib chiqaradi. Bu kasallikni
sistematikasi, tarqalishi va qarshi kurash choralari 1974 yildan boshlab
A.Sh.Sheraliyev tomonidan o’rganilgan .
Tut daraxtining hosildorligini oshirishda serhosil navlarni yetishtirish, qulay
agrotexnik tadbirlarni qo’llash bilan birga uning kasalliklariga qarshi kurash
choralarini ilmiy asosda ishlab chiqish zarur. Tut bargi hosilini oshirish
pallachilikni ozuqa bazasini mustahkamlash bilan bog’liqdir.
Keyingi yillarda
tutning kasalliklari tufayli urug’ning unuvchanligi, ko’chatlar nobud bo’lishi,
barg hosil miqdori pasa yishi hollari kuzatilmoqda. Kuzatishlarning
ko’rsatishicha tut o’simligida 40 dan ortiq kasalliklar aniqlangan. Ular quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
Yuqumli kasalliklar: bakteriyalar, zamburug’lar,
viruslar, mikoplazma lar
keltirib chiqaradigan kasalliklar va gullik parazitlar (zarpechak, suvpechak,
shumg’iya).
Urug’dan ungan ko’chatlar fuzarioz kasalligi bilan kasallanishi ko’chatlar
unib chiqqandan 17-26 kun o’tgandan keyin amalga oshadi. Bunday
ko’chatlarning urug’ kurtak barglari da sarg’ish-jigar rangdagi dog’lar
paydo
bo’lib, ular qovjirab quriydi. Kasallik belgilari haqiqiy barglarda ham kuzatiladi.
Kasallangan barglar yuzasida dastlab sarg’ish dog’lar paydo bo’lib, ular
266
keyinchalik jigar rangga kiradi. Havo harorati ko’tarilgan vaqtlarda bunday
barglar och yashil rangga kirib, so’liy boshlaydi. Bunday barglarning barg bandi
ko’ndalang kesib ko’rilganda yog’ochlik qismi qorayib ketadi. Kasallangan
ko’chatlarning poyasi ko’ndalang kesilganda yog’ochlik qismi jigar rangda yoki
qoramtir rangda ko’rinadi. Bunday ko’chatlarning kasallanishida F. moniliforme,
F. lateritium, F. heterosporum, F. gibbosium, F. sambusinium zamburug’ turlari
qatnashadi.
Ma’lumotlarga ko’ra tutning fuzarioz kasalligini 10 dan ortiq turdagi
Fusarium zamburug’lari keltirib chiqaradi. Kasallik tufayli 30-35 % urug’dan
ekilgan ko’chatlar, 40-45 % payvandlangan ko’chatlar, 20-25 % ko’p
yillik tut
daraxtlari nobud bo’ladi. Kasallik ko’chatlarning yotib qolishi, ildiz chirishi va
so’lishi tarzida namoyon bo’ladi. Kasallik belgilari pastki yarusda joylashgan
barglarning sarg’ayishi, barg qirralarining jigar rangga
kirib bujmayishi tarzida
namoyon bo’ladi. Kasallikning ichki belgilari o’tkazuvchi to’qimalarning
qoramtir jigar rangga kirishi (nekroz), ildiz po’stining chirishi natijasida qizil,
ko’k, binafsha rangga kirishi bilan xarakterlanadi.