ko‘nikmalar zaruriyati bo‘lsa, u holda Windows va Officening
standart dasturlari
MS Paint
va
MS Photo Editor
dan foydalanish
mumkin. Bu ikki dastur ma’lum bir doirada
PhotoShop
ning
imkoniyatlari va metodlarini takrorlaydi. Rastrli grafika vositalarini
o‘rganishda urg‘uni yangi
tasvirlarni yaratishga emas, balki tayyor
tasvirlarni tahrirlashga qaratmoq darkor. Chunki til o‘qituvchisi
o‘rgatuvchi dasturlarni yaratishda rassom sifatida emas, balki
tahrirchi, korrektor sifatida kasbiy faoliyat olib boradi.
Rastrli
dasturlar birinchi navbatda skaner yordamida olingan yoki
Internetdan olingan tasvirlarni tahrirlashda yordam beradi.
Ommaviyligi jihatdan
Corel Draw
dasturi ham keng tarqalgan.
Adobe firmasining yanada sodda dasturlaridan biri – Illustrator
sanaladi. Bu ikki dastur vektor grafikasining
keng imkoniyatli
vositasini tashkil qiladi. Vektorli dasturlar turli grafiklarni va
chizmalarni yaratish, tahrirlash uchun samarali vositalardir.
Uch o‘lchamli grafika umumiy dasturning majburiy qismiga
kirishi shart emas, chunki u faqat real obyektlarni modellashtirishda
ishlatiladi. Ammo
3D
ni o‘rganishni aniq va tabiiy fanlar
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlash ta’lim
mazmuniga
kiritishni tavsiya etish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan uch o‘lchamli
redaktorlar sifatida