192
3.Tovon, tovonoldi konusli va rolikli podshipnik uchunsilindr qismi yzalari
g„adir-budurligi Ra<0,63mkm.
4.Shpindelda darzlar va metall nuqsonlar bo„lishi kerak emas. To„g„rilashdagi
izlar shpindelni butun uzunligi bo„yicha sakkiztadan ortiq bo„lishi kerak emas.
Roliklar tebranadigan oxirli element va dumaloqcha o„tqizmalarda va tovonosti
konusida to„g„rilash izlari bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi.
5. Vtulka konusini trubachasini P10 markali po„latdan tayyorlanishi kerak.
6. Rolikli podshipnikli vtulkalar uchun tovonosti ichki diametri 9mm.
gacha
bo„lgani SHX9 markali po„latdan tayyorlanishi kerak. Tovonosti qattiqligi HRC62-
65. Rolikli podshipnikli vtulkalar uchun tovonosti ichki diametri 9mm. dan katta
bo„lganda bronzadan tayyorlanishi kerak.
7.Tovonostini tovonli konusli yuzasi g„adir-budirligi Ra<0,63mkm.
8.Vtulkani uya flanetsi tayanch yuzasini o„qdan 18mm. masofadagi yonli tepishi
joizligi 0,08mm.gacha.
9.Urchuqni to„singa qotirish gaykasi tayanch yuzasini rezibani o„qiga
nisbatan
perpendikulyarlikdan og„ishi 0,2 mm. gacha.
8.2.Shpindelni tayyorlash texnologik jarayonlari
Texnik talablar
. SHpindelni o„ziga xos xususiyati uni kichik bikrligi,
g„adir-budurlik
va aniqligiga, jumladan yuzalarni konsentratsiyaviyligiga yuqori
talabdir.
Roliklarni tebranishi joyidagisilindrik buyinchani diametri aniqligi 7-kvalitetga
mos kelishi kerak. Bunda ham o„qli ham ko„ndalang qirqimlarda shakl xatoligi
0.004-0.005mm. dan oshmasligi kerak. Shakl xatoligiga bunday
talablarni quyilishini
sababi-shpindelni podshipnikdagi joylashuv qismini bikrligi bitta aylanish davomida
o„zgarib turishidir. Bunday o„zgarishlarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri
bo„yinchani dumaloqlikdan og„ishidir. Bunda shpindelni
titrashi eng yaxshi
muvozanatlangan urchuqlarda, agarda bo„yinchani dumaloqlikdan og„ishi ruxsat
etilgandan oshsa, bo„lishi mumkin. Saqlash va
ekspluatatsiya qilinishida
193
deformatsiya kelib chiqmasligi uchun ishlov berish natijasidagi ichki kuchlanishlar
minimal bo„lishi kerak.
Shpindelni tayanch yuzalarini g„adir-budurligi Ra=0.63mkm. Shpindelni
tayyorlash texnologik jarayonni ishlab chiqish va amalga
oshirishda ishlov berish va
to„g„rilashdagi minimal ichki kuchlanishli toblangan yuqori aniqlikdagi va
konsentratsiyalangan detallarini olish texnologik vazifasi paydo bo„ladi. Bu masalani
xal etilishi shpindelni kichik bikrligi sababli murakkablashadi.