113
3.12 – rasm. DMAD tizimini g„adir-budurligiga ta‟siri
Texnologik tizim elementlarini titrashi asbob kesuvchi tig„i holatini ishlov
berilayotgan yuzaga nisbatan davriy ravishda o„zgartirib turadi, ya‟ni notekisliklar
yaratadi. Titrash
jarayoniga tizim bikrligi, uni bo„g„inlaridagi tirqishlar, aylanuvchan
qismlarni nomuvozanatligi, yuritmalar nosozligi va boshqalar sabab bo„ladi[13].
3.5.Yuza sifatini mashina detallarini ekspluatatsionxususiyatlariga ta‟siri.
Mashinani talab etilgan sifatini ta‟minlash va uni
boshlangich holatini uzoq
muddat saqlash asosan ularni detallarini yuzalari sifatiga bog„liq bo„ladi.
Mashinalarni ishdan chiqishiga asosiy sabab (80%gacha) – detallar yuzalarini
eyilishidir.
Detal
yuzalarini
eyilishiga
makronotekisliklar,
to„lqinsimonlik
va
mikronotekisliklar ta‟sir ko„rsatadilar.
Makronotekisliklar va tulqinsimonlikda yuzalarni eyilishi notekis boradi. Oldin
yuzani chiqib turgan qismlari eyiladi. Mikronotekisliklarda
ham birinchi navbatda
cho„qqilar deformatsiyalanadi va eziladi. Moylovchi qatlam yuzada nisbiyu bosim
ma‟lum qiymatdan oshib ketmaguncha ushlab turiladi. Ishqalanuvchi yuzalar asosan
chiqib turuvchi qismlari bilan kontaktda bo„lganlari tufayli,
bu erda moylovchi
suyuqlik sizib chiqariladi va quruq ishqalanish sodir bo„ladi.
114
Ishqalanuvchi yuzalarni eyilishi ma‟lum egri chiziq bo„yicha boradi (3.13–
rasm)
qism-birlamchi eyilish davri,
qism – meyorli, ekspluatatsion eyilish davri.
U ishni to„g„ri olib borishda va moylashni yaxshi amalga oshirishda o„z oq muddat
davom etadi,
qism – halokatli eyilish davri.
3.13 – rasm.
1 – egri chiziq g„adir – budurligi yuqori bo„lgan
yuza eyilishini, 2 – egri chiziq
esa g„adir – budurligi kichik bo„lgan yuza eyilishini ifodalaydi. Ko„rinib turibdiki,
ikkinchi holda birlamchi eyilish
kattaligi va vaqti kamayadi, ekpluatatsion meyorli
eyilish davri esa o„zgarmay qoladi.